Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun! 9-o’quvchi: Ishlaydi yashnasin ,yorug’ olam deb, Vatanim, g’ururim, yurak nolam deb. Barchani birdayin suygan bolam deb Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun! 10-o’quvchi: Siz sabab dunyoni tanidik bizlar Kamolga yetishdik yigitu-qizlar Dunyo turgunicha bor bo’ling sizlar
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun! BIRGALIKDA: Sizdan boshlanadi asli tafakkur Ey aziz ustozim, sizga tashakkur. I.Boshlovchi: Yillar suronimi sochingdagi oq Yoki bo’rning yuqi tegib ketdimi? Ezgulik yo’lida yorug’ dilingiz Koz’ingiz nuriga singib ketdimi? II.Boshlovchi:__Marhamat_tinglab_tomosha_qiling.__I.Boshlovchi'>II.Boshlovchi: Shogirdlar har biri o’g’il-qizingiz, Oqlaydi siz bergan nonu-tuzingiz. Ularning yutug’i sizning yuzingiz Shu bois ko’zda yosh qalqib ketdimi. I.Boshlovchi: Hozirgi navbatni, siz azizlarni ko’nglingizga iliqlik, ko’tarinki kayfiyat olib kirish uchun 9-“G”sinf o’quvchsi Saidova Sevinchxon ijrosida go’zal raqsga beramiz II.Boshlovchi: Marhamat tinglab tomosha qiling. I.Boshlovchi: Olamning gultoji inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgan suyuklisi ustoz, muallilmdir .Bizning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beradigan, bizga oqu-qorani tanitadigan, hayotning pastu-balandi, kelajakda orzu-o’ylarimizni amalga oshishiga kuch bag’ishlaydigan oliyhimmat ustozlarimizga hamisha ta’zimdamiz. II.Boshlovchi: Ha Mehriniso, juda to’g’ri aytasiz. Ustoz –go’zallik sohibidir.Bu oliyjanob kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo’llariga qalam olib jo’shqin hislarni yaxshi ezgu tilaklarini oq qog’oz betiga bitmagan deysiz.