I. Boshlovchi:
Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undan-da buyukroq,ulug’roq kim bor,
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
II.Boshlovchi:
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Goh quvonch, goh alam, ko’z yosh ham sizsiz
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz,
Siz mening g’ururim iftihorlarim,
Ey mening fidoyi alp chinorlarim…
.
I.Boshlovchi:
Nega she’r yozmayin yurakdan yonib,
Nega ta’zim qilmay sizga bu mahal
Nega xizmatingiz qilmay quvonib,
Ey aziz muallim, ustozi avval.
II.Boshlovchi:
Dedilar dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir ustoz, begumon.
Tag’in aytdilarda,aziz, shubhasiz,
Ustozi qadriga yetolgan inson.
I.Boshlovchi:
Keling, endi tarix zarvaraqlariga bir nazar tashlaylik.Bizning xalqimiz azal-azaldan dunyoda ko’plab allomalar, aziz avliyolar,shoir va mutaffakirlarni , ustozu piru komillarni yetkazib bergan. Ularning ilmu-ziyosi butun dunyoni qamrab olgan.
II.Boshlovchi.
Ha to’g’ri aytasiz, dugonajon.Hozir siz azizlar bilan bugungi mavzumizga oid 8-“A”sinf o’quvchilari ishtirokida “Tarix jonlanganda “ nomli kichik sahnaviy chiqish va she’riy kompozitsiyani tomosha qilamiz . Marhamat.
Allomalar chiqishiAbu Nasr (Farobiy, A.Navoiy, A.Avloniy, M.Behbudiy) She’riy kompozitsiya.
Abu Nasr Farobiy siymosida:
Aris suvin quyi qismi , Farob shahri, mening ota Vatanim
Ta’lim oldim Samarqandu, Buxoro , Bag’dod ilm maskanim.
Riyoziyot, falakiyot, tabobatu-musiqa
Dostları ilə paylaş: |