Ma'muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor munosabatlariga o`tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi.
Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o`tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko`proq tayanishni taqozo etdi.
Bunday mas'uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Chunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o`tishda o`xshashi bo`lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o`z yo`limizni tanlab olish haqida bormoqda.
Bu yo`l - uch tarkibiy qismdan iborat:
·ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi;
·qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga o`tishning eng muhim prinsiplari;
·iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashning aniq yo`nalishlari.
Boshlang`ich shart-sharoitlarga ko`ra, yondoshilgan guruhlash mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular:
1. Uzoq davom etgan evolyusion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot;
2. An'anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari;
3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat;
4. Sotsializm g`oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish bilan qo`shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning Xitoycha yo`li.