Musiqali drama Musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan saxna asari, musiqali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (5-asr Xindiston, 12-asr Xitoy)da shakllangan.
Mazkur janr Ozarbayjonda 20-asr boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920-yillarda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro munosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib, asar mazmunini ochishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda musiqali drama janri 1910-20 yillardan milliy adabiy badiiy tomosha sanʼati va musiqa merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektakllari muhim rol oʻynadi.

Hamzaning "Hoy, ishchilar", "Qarmoq", "Quzgʻunlar" kabi inssenirovkalari, "Fargʻona fojiasi" tetralogiyasi;
Gʻulom Za-fariyning "Halima" pyesasi;
Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asarlarida Musiqali dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi.
1950-yillardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi:
1950-yillardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi:
M. Leviyev, A. Muhamedov, S. Boboyev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev, M. Mahmudov, F. Olimov va boshqalar.
OPERA
Opera (lotincha opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. Opera qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi;
Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi.
Operaning adabiy asosi — libretto dagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi.