O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
QIMMATLI QOG‘OZLAR
Kasb-hunar kollejlari talabalari uchun o‘quv q o‘llanma
Professor SH.Shoxa’zamiyning umumiy tahriri ostida
Toshkent
«IQTISOD-MOLIYA» 2010
Mualliflar jamoasi:Shoxa’zamiy SH.SH, Tolipov K.F., Obidov A.A.,
Roziqova S.N., Muhamedov F.T., Mahamadjonov N.M., Karimqulov J.I., Kudaybergenov J.SH., Fozilchaev SH.Q., Saydaliyev S.S., Mardonov SH.R., Qoraboev S.A., Hamidova F.A., Madaminov A.Yu.
Taqrizchilar: Toshkent Bank kollejining “Bank ishi” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsentXomitov K.Z.
Toshkent moliya instituti “Moliya injiniringi va bozorlar” kafedrasi dotsenti, i.f.nIsmoilov K.
Shoxa’zamiy Sh.Sh va b.q.
Qimmatli qog‘ozlar.Kasb-hunar kolleji talabalari uchun o‘quv qo‘llanma \ Shoxa’zamiy Sh. Sh. va b.q; O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
- T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010, - 130 b.
“Qimmatli qog‘ozlar” fanini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanma materiallari jahon tajribasiga asoslangan tarzda mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan bo‘lib, ular o‘rganilayotgan fan mavzulari asoslarini batafsil yoritib bergan holda talabaning qimmatli qog‘ozlar bozorining nazariy va amaliy asoslarini egallashga ko‘maklashadi. O‘quv qo‘llanmaning asosiy g‘oyasi qimmatli qog‘ozlar va ularning bozori to‘g‘risidagi umumlashgan tasavvurni beruvchi materiallarni yoritishga qaratilgan.
ISBN
978-9943-13- -_© «IQTISOD-MOLIYA», 2010
KIRISH
O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo‘lib1, ularning asosiy mahsullaridan biri tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan milliy qimmatli qog‘ozlar bozori hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar va ularning bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini dolzarbligi quyidagi muammolarni samarali yechimiga erishish zaruratidan kelib chiqadi: investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, barqaror industrial va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash2. Bu muammolarni samarali yechimi qimmatli qog‘ozlar bozorining raqobatbordoshliligi va xavfsizligi, barqarorligi va likvidliligi, investorlar uchun jalbdorliligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Bunda turli tashqi va fundamental ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi. Mavjud omillar ichida doimo e’tiborga moyillaridan biri malakali kadrlar omilidir. Chunki “Faqat malakali kadrlar qimmatli qog‘ozlar bozori muammolarini hal qila oladilar” degan shior hamisha dolzarbligicha qolmoqda. Bu shior ayniqsa, O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori uchun katta ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli, ushbu o‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari talabalari tomonidan o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega.
“Qimmatli qog‘ozlar” fanini o‘rganishdan maqsad – bo‘lajak mutaxassislarni qimmatli qog‘ozlar va ularning bozori sohasi bo‘yicha o‘zlari va jamiyatga foydali bo‘lgan umumnazariy va amaliy tajribalar, qonuniyatlar, jarayonlar, vositalar mazmun-mohiyatini tushunib bilishga, ularni chuqur o‘rganishga, tahliliy fikr-mulohazalar yuritish va xulosalar chiqara olishga hamda ularning asosida qarorlar qabul qilishga, kelajakdagi amaliy faoliyatlarida samarali qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishga o‘rgatishdan iborat.
O‘quv qo‘llanma ma’lumotlari jahon tajribasiga asoslanib mantiqiy ketma-ketlikda yozilgan. Unda soha bo‘yicha boy nazariy, amaliy va
1 Рискиев Т.Т., Ғуломов С.С., Шоҳаъзамий Ш.Ш. ва бошқ. Истиқлол, демократия ва фукаролик жамияти.-Т.: Шарк, 2003.-160б.
2 Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi (1- qism)Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi
statistik tahliliy ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, o‘quvchiga mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish va xulosalar chiqarishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv materiallar o‘rganilayotgan fan mavzulari asoslarini batafsil yoritib bergan holda o‘quvchining qimmatli qog‘ozlar bozorida va qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashning nazariy va amaliy asoslarini egallashga ko‘maklashadi. Mavzular turdosh fanlarga bog‘langan holda yoritilgan. O‘quv q o‘llanmaning asosiy g‘oyasi qimmatli qog‘ozlar va ularning bozori to‘g‘risidagi umumlashgan tasavvurni va amaliy ko‘nikmalarni beruvchi ma’lumotlarni yoritishga qaratilgan bo‘lib, fan bo‘yicha namunaviy o‘quv darsturga mazmunan mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |