Xulosalar: Davriy ravishda takrorlanadigan harakatlarga yoki jarayonlarga tebranishlar deyiladi. Garmonik tebranish deb fizik kattalikning vaqt o`tishi bilan kosinus (sinus) qonuniga muvofiq o`zgaradigan tebranma harakatiga aytiladi.Matematik mayatnikdeb cho`zilmaydigan, vaznsiz ipga osilgan va og’irlik kuchi ta’sirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, ko’rgazmali qurollar tarqatma materiallar (referat, boshqotirma, modellar yasash, plakatlar) tayyorlash:
Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar: Kodoskop, slaydlar,turli massali aravachalar, plakat, kartochkalar,prujinali va matematik mayatniklar, kamerton
O’qitish uslublari: O’quv mavzusini og’zaki bayon qilish, savol-javob, tadqiqot metodlari.
Adabiyotlar: A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 80-85 bet.
X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil
Sinov savollari:
Tebranishlar deb nimaga aytiladi?
Tebranishlar necha turga bo’linadi?
Tebranish davri, chastotasi haqida ma’lumot bering.
Matematik mayatnikning tebranish davri qanday kattaliklarga bog’liq?