Tebranish va to’lqinlar



Yüklə 174,5 Kb.
səhifə2/4
tarix29.01.2023
ölçüsü174,5 Kb.
#81608
1   2   3   4
Tebranish va to’lqinlar info

2. Prujinali mayatnik deb, absolyut elastik prujinaga berkitilgan va elastiklik kuchi F=-kx ta’sirida garmonik tebranma harakat qiladigan m massali yukka aytiladi.
Bu yerda k – prujinaning qattiqligi, x-yukning muvozanat vaziyatidan og’ishi.
Prujinali mayatnikning siklik chastotasi quyidagiga teng.
Tebranish davri
Shuningdek prujinali mayatnikning potentsial energiyasi

Matematik mayatnik deb cho`zilmaydigan, vaznsiz ipga osilgan va og’irlik kuchi ta’sirida tebranma harakat qila oladigan moddiy nuqtaga aytiladi
Muvozanat vaziyatidan burchakka og’dirilgan mayatnikni og’irlik kuchining tashkil etuvchisi harakatga keltiradi
Matematik mayatnikning isiklik chastotasi

t ebranish davri

ifodalar bilan aniqlanadi.
Shuningdek matematik mayatnikning potentsial energiyasi
ga teng.
Bu yerda g-erkin tushish tezlanishi, -mayatnikning uzunligi, m –moddiy nuqtaning massasi
3. Tebranishlarning muhitda tarqalish jarayoniga to`lqin deyiladi. To`lqinlar tarqalganda muhitning zarralari to`lqin.bilan birgalikda harakatlanmaydi, balki muvozanat vaziyati atrofida tebranadi. Zarradan–zarraga tebranma harakat holati va to`lqin energiyasigina uzatiladi. Shuning uchun ham moddaning emas balki energiyaning ko`chirilishi barcha to`lqinlarga xos xususiyatdir.
To`lqinlar asosan: suyuqlik sirtidagi to`lqinlar, elastik to`lqinlar va elektromagnit to`lqinlarga, ajratiladi.
Elastik to`lqinlar deb elastik, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon muhitda tarqaladigan mexanik g’arayonlanishlarga aytiladi. Elastik to`lqinlar bo`ylanma va ko`ndalang bo`lishi mumkin.
B o`ylanma to`lqinlarda muhit zarralari to`lqin tarqalish yo`nalishida tebranadi. Ko`ndalang to`lqinlarda esa tarqalish yo`nalishiga perpendikulyar tekislikda tebranadi. Suyuqliklarda va gazlarda faqat bo`ylanma to`lqinlar vujudga keladi. Qattiq jismlarda esa ham bo`ylanma, ham ko`ndalang to`lqinlar vujudga kelishi mumkin.

Yüklə 174,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin