Техник конструкциялаш ва моделлаш


Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə41/104
tarix12.01.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#79035
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104
Oquv uslubiy majmua Texnik ijodkorlikdan

3.Talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish

  1. Bugungi kunda talabalarning dizaynerlik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda, avvalo ularga umumiy o‘rta ta’limdagi mehnat ta’limi dasturlarini mukammal o‘rgatish kerak. Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda dizaynerlik hamda ijodkorlik qobiliyatlarini inobatga olinadi.

  2. Umumiy o‘rta ta’limda dizayn asoslarini o‘qitishda mehnat ta’limi fanining imkoniyatlari juda katta. Dizayn asoslarini mehnat ta’limida o‘qitishdan maqsad - o‘quvchilar dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda buyumlarni estetik, funksional va iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda loyihalash va amalda yasab o‘rganishi hamda bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilishdir.

  3. Mehnat ta’limi mazmunida dizayn asoslarini o‘qitish jarayonini shartli ravishda 3 bosqichda amalga oshadi deb olish mumkin, bular:

  4. Boshlang‘ich dizayn ta’limi (I-IV sinflar)

  5. Asosiy dizayn ta’limi (V-VII sinflar)

  6. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi (VIII-IX sinflar)

  1. Boshlang‘ich dizayn ta’limi

Boshlang‘ich dizayn ta’limini berishda I-IV sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda Davlat ta’lim standartlariga asosan o‘quvchilarda quyidagicha bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
I sinf: Buyumlarni kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo‘yash mashqlarini bajarish. Buyumlar to‘g‘risida bilimlarni rivojlantirish. Buyumlarni oddiy bezak naqshlarini o‘ziga qarab chizish. Geometrik shakllardan naqshlar hosil qilishga o‘rganish. Materiallar haqida dastlabki ma’lumotlar. Asbob uskunalar haqida dastlabki ma’lumotlar. Qog‘ozdan va kartondan eng oddiy shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo‘yash hamda eng oddiy naqshlar bilan bezash.
II sinf: Yasagan o‘yinchoqlar rasmini chizish, bo‘yash va shu o‘yinchoqni yangi shaklini yoki ayrim qismlarini o‘zgartirilgan variantlarini ishlash. Bir necha turdosh o‘yinchoqlar tahlilini o‘tkazish. Turli kasb mahsulotlari bilan tanishish. Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Turli buyumlarni bezash uchun oddiy naqshlar chizish va bo‘yashga o‘rganish. Materiallarning xususiyatini o‘rganish.
III sinf: Tekis geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan katta-kichikligi va shakli bo‘yicha mutanosibligi qoidalarini bilish. Shakllar bo‘yicha va ranglar mutanosibligi qoidalari bilan dastlabki tanishtirish. Naqshlardagi elementlarni davriy takrorlash va simmetriya qoidalari bilan tanishtirish. O‘yinchoqlar yasash va naqsh bilan bezash, namunaviy buyumlarni shakli va ranglarini o‘zgartirib ishlash. Applikatsiya va mozaika usulida oddiy tasvirlar ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Milliy hunarmandchilik buyumlari bilan tanishtirish.
IV sinf: Turli tekis va hajmli shakllarning o‘zaro mutanosibligi qoidalari bilan tanishtirish. Turli mavzularda kompozitsiya tuzish. Shu buyumlarga mos bezak elementlaridan foydalanish haqida dastlabki tushuncha hosil qilish. Turli shakllarni soni va o‘zaro joylashuviga bog‘liq mutanosiblik qoidalari. Turli materiallardan o‘yinchoqlar loyihalash.


  1. Yüklə 1,59 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin