V-VII sinflar uchun mehnat ta’limi darslarida, sinfdan tashqari ishlarda dizayn ta’limini berish bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga asosan o‘quvchilarda rivojlantirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqdik (yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi misolida).
V sinf: Materialni tejamli sarflash, texnik rasmi, loyihasi va chizmasi haqida tushunchalar. Yog‘ochga ishlov beruvchi kasblar. O‘ymakorlik. Loyihalash, kompozitsiyalash, ishlov berish va iqtisodiy masalalarni hisobga olish. Buyumlarning maketini tayyorlash. Bezak elementlarini ko‘chirish hamda mustaqil ijodiy naqshlar tuzish. Mahsulotlarning badiiy estetik xususiyatlarini tahlil qilish. Buyumlarning hajmli fazoviy tuzilishi. O‘zbekistonda badiiy hunarmandchilikni rivojlantirishning ahamiyati.
VI sinf: Yog‘ochga ishlov berish stanogi va parmalash stanogida dizayn buyumlar tayyorlash. Silindrik shakldagi buyumlar loyihasi. Naqsh turlari va ayrim xususiyatlar haqida tushunchalar. Naqsh turlari bo‘yicha eskizlar tayyorlash. Oddiy bezash ishlarini bajarish va buning uchun trafaretlar tayyorlash. Buyumlarni dizaynerlik yechimlarini hal qilish mashqlari. Plastiklik. Rang va ranglar uyg‘unligi.
VII sinf: Konstruksiyalash elementlari, materiallarning xususiyatlari, yog‘och buyumlarning eskizlari va ularni tayyorlash, kompozitsiya tuzish. Assimmetriya haqida tushuncha, buyumlarga naqsh chizish. Loyihalar asosida buyum tayyorlash. Turli geometrik figuralardan tashkil topgan buyumlar loyihasi. Yog‘ochga ishlov beruvchi kasblarning umumiy xususiyatlari. Badiiy bezash ishlarida shakl, rang, tasvirlar va naqshlardan foydalanish. Badiiy harflar yozish, sayqal beruvchi bezatish asboblari bilan ishlash texnologiyasi. Mahsulotlarning sifati, estetik ko‘rinishi. Buyumning turlarini tahlil qilish. Dizaynerlik loyiha tuzish tartibini o‘rganish. Buyumning texnik mohiyati va go‘zalligi. Tayyor buyumlar sifatini tekshirish.
III. Mutaxassislikka oid dizayn ta’limi VIII sinf: Zamonaviy ishlab chiqarishga kirish. Dizaynga oid kasblar bilan tanishtirish. Buyumlar muhiti. Buyumlarni loyihalashga qatnashuvchilar va ularning vazifalari haqida tushuncha. Interyerxona ichki ko‘rinishi.
IX sinf: Buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomika - odam va buyum orasidagi qulaylik. Dizayn bilan bog‘liq kasblar va shu kasblar tavsifnomasi.
Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limini joriy etish maktabda boshlang‘ich sinfdan tizimli ravishda tasviriy san’at va mehnat ta’limi jarayonlarida amalga oshirilib uzluksiz davom etishi va malakali mutaxassis yetishtirish bilan yakunlanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida dizayn ta’limi berishni zamon talabi ekanligini e’tiborga olgan holda nafaqat umumiy o‘rta ta’lim bo‘g‘inida, balki oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham jahon standartlari darajasida rivojlantirishni taqozo etadi.