Stend texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, mahsulotni qoliplash va ularni qotirish qo‘zg`atilmagan xolatda maxsus o‘rnatilgan stendda bajariladi. quyuvchi va boshqa texnologik asboblar, shuningdek uni ishchi qismlari bir qolipdan ikkinchi qolipga stendda suriladi.

Bu usul katta maydonni talab qilishi bilan birga, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni murakkablashishi bilan katta mehnat talab qiladi.
Stend texnologiyasi katta hajmdagi katta o‘lchovli-ferma, ikki tomonlama nishabli balka va katta oraliqli konstruksiyalarni, uzunligi 12m dan ortih bo‘lgan kolonnalarni tayyorlashda juda qulaydir. Stendlarda zo‘riqtiriladigan mahsulotlar tayyorlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishda stendlarning ikki turi qo‘llaniladi: uzun va kalta. Uzun stendlar (paketli va tortuvchi) bir necha mahsulot stend uzunligi bo‘yicha bir vaqtda ishlab chiqilganda qo‘llaniladi. Armatura paketining turli usullar bilan tayyorlanishi paketli stendlar asbob-uskunasi xususiyatlari, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalash darajasini aniqlaydi. Kalta stendlarda uzunligi bo‘yicha bitta, kengligi bo‘yicha bitta yoki ikkita mahsulot ko‘pincha gorizontal holatda (ferma, ikki nishabli to‘sin) tayyorlanadi. Kalta stendlarda armatura elektr bilan qizdirish yoki gidro domkrat bilan cho‘ziladi. Uzun stendlar 70 dan 120m gacha uzunlikda bo‘lib, ularda umumiy oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda yuklash darajasi chegaralangan va turg`un nomenklaturali mahsulot ishlab chiharishda foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asqarov B.A. Qurilish konstruksiyalari. T., O‘zbekiston, 1995.
Asqarov B.A. Novie legkie betoni i konstruksii na ix osnove. T., Fan,
Akramov H.A., Nuritdinov H.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish. O‘quv qo‘llanma, I va II qism. T., O‘zbekiston, 2007.
Akramov H.A. Nuritdinov H.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Darslik. T., O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2011.