Mavzu:Muloqotning biznesdagi o’rni
Bugungi izchillik bilan rivojlanayotgan zamonda mamlakatimiz iqtisodini har tomonlama rivojlantirish har kungidan ham zaruriy ahamiyat kasb etmoqda.Shuning uchun yoshlarimizni yetuk,malakali iqtisodchi etib tarbiyalash hozirgi kunda ularga biznesdagi muloqot me’yorlarini ham mukammal o’rgatish va to’g’ri nutqiy madaniyatni shakllantirishni talab qilmoqda.
BIZNES (ing. business) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot); foyda olish maqsadlari ko’zlangan va qonunlarga xilof bo’lmagan har qanday tashkiliy faoliyat.Shu sababli ham biznesda iqtisodiy til bilimlarini bilish juda muhim.
Iqtisodiy til bilimlarini– so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish muvafaqqiyatli biznes faoliyatini tashkil qilish va uni samarali yuritish uchun asos bo’la oladigan istiqbolli shartnomalar uchun muhim tarkibiy qism hisoblanadi.
MULOQOT MADANIYATI– og’zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg’u, so’z qo’llash, grammatika, uslubshunoslik
qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o’rganuvchi bo’limi. G’arb tilshunoslishida umumiy ma’noda “til madaniyati” termini ham qo’llanadi.
Bilamizki,muloqotning bir qancha turlari mavjud