Tekshirdim


Ishlab chiqarish amaliyoti ustasi: A.Y.Abuxo’jayev



Yüklə 157,16 Kb.
səhifə3/8
tarix14.12.2023
ölçüsü157,16 Kb.
#176729
1   2   3   4   5   6   7   8
2-m.Dasturlar o‘rnatish (Ofis, amaliy dasturlar, utilitlar)

Ishlab chiqarish amaliyoti ustasi: A.Y.Abuxo’jayev
Yo‘riqli-texnalogik xarita.


2-Mavzu: Dasturlar o‘rnatish (Ofis, amaliy dasturlar, utilitlar) Shaxsiy kompyuterlarni keraksiz dasturlardan tozalash, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni tartibga solish..



Ishlar nomi

Asbob va jihozlar

Bajarish tartibi

Eskiz (rasm)

1

Tovush kartasini va drayverini o'rnatish

Drayver yuklangan disk

Shaxsiy kompyuterni tarmoqdan o‘chiring. Shaxsiy kompyuterning korpusini oching. Tovush kartasini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan slotni toping. Tovush kartasini kerakli slotga joylashtiring va karta slotga to‘gri joylashguniga qadar kartani bosib turing.Agar karta slotga kirmasa, uni bosmang, yaxshisi, hamma bajarganlaringiz to‘g‘ri ekanligini tekshirib chiqing. 5O‘rnatishning to‘g‘riligini tekshiring. Tizimli blokning korpusini yoping. Shaxsiy kompyuterni ishga tushiring. O‘rnatish to‘g‘ri bajarilganida, yangi jihozning uskuna ustasi ishga tushishi kerak. Agar bu hol ro‘y bermasa, uni qo‘l yordamida ishga tushiring. Пуск->Настройка->Панель управ-ления->Установка оборудо-вания bo‘limiga kirish zarur. Tovush kartasiga mo‘ljal-langan drayver dasturli diskni tayyorlang (odatda, u sotish to‘plamiga kiradi) va diskdagi kerakli o‘rtailuvchi dasturni yuklang. O‘rnatgandan so‘ng, tovush kartasi uskunalar ro‘yxatida paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirib ko‘-ring Tovush kartasini o‘rnarish yakunlandi









2

Videokar-tani drayverini o'rnatish

Drayver yuklangan disk

Kartangiz uchun Internetdan yangi drayver-larni va agar kerak bo‘lsa, yangi BIOS ni ham ko‘chirib olish kerak. Videokartani o‘rnatish yoki almash-tirishdagi keyingi qadam 3D kartaning joriy drayverini Windowsda bo‘lgan standart "Standard PCI VGA" drayveriga almashtirilishidir. Windows drayverining standart PCIsini o‘rnatish uchun "Панель управления-Настройка экрана" ("Bosh-qaruv paneli-Ekranni sozlash (Monitor)") /"Control Panel - Display Properties"ga kiring. Ekranni sozlashda "Адаптер" ("Adapter") (yoki Win98/MEdagi "Подробнее"("Batafsilroq"/"Adva-ced")) bo‘limiga o‘ting va "Изменить" ("O‘zgartir-ish"/"Change") tugmachasini bosing. So‘ngra "Показать список драйверов" ("Drayverlar ro‘yxatini ko‘rsatish” /"Display a list of driver") ni tanlang, "Показать всё аппаратное обеспечение" ("Hamma apparat ta’minotini ko‘rsatish"/"Show all hardware")ni ajrating, keyin esa taqdim etilgan ro‘yxatdan "Стандартный графический адаптер PCI" ("PCI Standart grafik adapter"/"Standart PCI Graphics Adapter") ni tanlang. Ogohlantirishga ahamiyat bermang va drayverni yuklang. Lekin qayta yuklash vazifasini birdaniga bajarmang. o‘rnatilish kerak bo‘lgan kartani drayverini kompyuterning o‘zidan yoki, adapterning maxsus diskidan o‘rnatish mumkin. Kompyuterni o‘zida ham ko‘pgina kartalarning drayverlari bor, lekin yangi chiqqan kartalar uchun albatta uning diski zarur. “Have Disk…” tugmasini bosgan holda, diskdan o‘rnatilishi kerak bo‘lgan kartaning drayverini ko‘rsatamiz. Agar sizda Win 98 yoki undan yuqoriroq tizim o‘rnatilgan bo‘lsa, unda videokartani "Системные настройки-Конфи-гурация" ("Tizimli sozlashlar-Konfiguratsiya-"/"System Properties - Devise Manager") orqali osongina topish mumkin. "Адаптер Дисплея (Видеоадаптер)" ("Displeyining adapteri (Video-adapter)"/"Display Adapters")ni bosing, so‘ngra esa videokartani ajrating va "Удалить" ("Olib tashlash" /"Remove") tugmachasini bosing. Ilgari aytil-ganidek, Win 95 kabi eski operatsion tizimda bunday qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu ko‘ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin.









3

O‘chib ketgan malumot-larni tiklash dasturini o’rnatish

Kompyuter va kompyuter jihozlari

Shu asosida, qattiq disk va fleshkalarda ma'lumotlar saqlanadi. Qayta tiklaydigan dasturlar, o‘chgan fayllar ustiga hech qanday yangi fayllar yozilmagan bo‘lsa, to‘liq, bir qismiga yozilgan bo‘lsa, faqat o‘chgan faylni bir qismini qayta tiklashi mumkin. Demak, shunday dasturlardan biri bilan tanishamiz.
Hujjatlar, rasmlar, musiqalar, video va boshqa fayllarni qayta tiklashga mo‘ljallangan va uy sharaotida ishlatish uchun tekin hisoblangan dastur - Recuve. Dasturni o‘z saytidan yuklab olamiz va o‘rnatamiz(o‘rnatilish jarayoni qiyin emas), keyin ishga tushiramiz va Далее ni bosamiz. Dastur avtomatik tarzda o’rnatiladi.



4

O‘chib ketgan malumot-larni dastur yordamida qidirish

Kompyuter va kompyuter jihozlari

Dastur o’rnatilgan dan so’ng, dastur oynasini ochamiz. Qanday formatdagi fayllarni qidirish kerakligini belgilash oynasi. Odatda "все файлы" punktini tanlagan foydali, Далее ni bosamiz. Bizga kerakli fayl qayerdan o‘chirib yuborilganini tanlaymiz (bu holda O disk, ya'ni fleshka) Topilgan faylni qayta tiklash haqida ma'lumot va chuqurroq qidirishni taklif qiluvchi oyna paydo bo‘ladi va "Начать" tugmasi orqali o‘chirilgan fayllarni qidirishni boshlaymiz.



5

O‘chib ketgan malumot-larni dastur yordamida tiklash

Kompyuter va kompyuter jihozlari

Shundan so‘ng, qayta tiklash mumkin bo‘lgan fayllar ro‘yxati chiqadi va "Восстановить" tugmasi orqali qayta tiklashimiz mumkin bo‘ladi. Agar e'tibor bergan bo‘lsangiz, fayllar yonida yashil rangli dumaloq rasm mavjud. Bu shalkl 3 xil rangda bo‘lishi mumkin.
- yashil - topilgan faylni to‘liq qayta tiklash mumkin.
-sariq - topilgan faylning faqat bir qismini qayta tiklash mumkin, qolgan qismiga boshqa fayllar yozilib, eski fayl bir qismi o‘chib ketgan.
-qizil - topilgan faylni umuman qayta tiklab bo‘lmaydi. Bu orqali siz faqat shu diskda shu nomdagi fayl mavjud bo‘lganini bilishingiz mumkin bo‘ladi.
Faylning bir qismi buzilgan bo‘lsa(sariq rang), fayl tipiga qarab, chala yoki umuman tiklanmasligi mumkin. Bu holda, fayl tipiga mos keluvchi biror dasturlar orqali fayllarni qisman tiklab olish mumkin.




1

Microsoft Office dasturlarini o'rnatish

Kompyuter va kompyuter jihozlari

Microsoft Office dasturlari bugungi kunda eng keng tarqalgan dasturlardan hisob-lanib, keng ko‘lamdagi ofis ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. Bugungi kungacha Microsoft O ffice dasturlarning bir qancha versiyalari yaratildi. Eng oxirgi versiyalari bular: Office XP, Office 2003 va Office 2007. MS Office dasturlar paketini kompyuterga o‘rtatish (ustanovka qilish) boshqa dastur-larni o‘rnatish bilan deyarli bir xil tartibda olib boriladi. Ya’ni uni o‘rnatish uchun quyidagi ishlar ketma ketligi bajariladi. Oynadan Install tugmasi bosi-ladi. Natijada o‘rnatiluvchi fayllarni arxivdan ochish jaraѐni boshlanadi. Arxivdan to‘la ochib bo‘lingach SETUP.EXE ishga tushiriladi. Shu bilan ustanovka jaraѐni boshlanadi. Bizning qiladigan ishimiz so‘rov oynalariga kerakli javob-larni berib borishdan iborat. So‘ng kalit so‘zlarni kiritishni taklif qiluvchi mulo-qot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasining “Klyuch produkta” bo‘limiga 5 qism va 25 belgidan iborat bo‘lgan kalit so‘zlarni kiritamiz. Biz bu kalit so‘zlarni ustanovichniy fayllar joylashgan papkadan olishimiz mumkin. Kalit so‘zlar Serial.txt nomli fayli ichida joylashgan bo‘ladi. Kalit so‘zlarni kiritishda agar hohlasak klaviatura orqali kiritishimiz yoki nusha-sini ko‘chirib olib o‘tishimiz mumkin. Kalit so‘zlarni to‘la va to‘g‘ri kiritganimizdan so‘ng “Daleye” tugmachasi aktivlashadi. “Daleye” tugmachasini chertganimiz-dan so‘ng muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynadan hech narsani o‘zgartirmay “Daleye” tugma-chasini chertamiz. Natijada muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu muloqot oynasining “Ya prinimayu usloviya litsenzionnogo sogla-sheniya” ya’ni “Men litsenziyali xizmat-larni qabul qilishga roziman” bo‘limiga belgi qo‘yamiz. Natijada bu yerda ham “Daleye” tugmachasi aktivlashadi. “Daleye” tugmachasini chertgani-mizdan so‘ng o‘rnatish ko‘rinishlarini tanlashga imkoniyat beruvchi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. So‘ng yana “Daleye” tugmachasini chertamiz. “Daleye” tugmachasini chertganimizdan so‘ng yangi hisobot muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ya’ni qaysi dasturlarni o‘rnataѐtganini yana bir bora ko‘zdan kechirish imkoniyatini beradi. Hammasi to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgani-mizdan so‘ng “Ustanovit” – “O'rnatish” tug-machasini chertamiz. Shu bilan 2-3 daqiqadan so‘ng o‘rnatish nihoyasiga yetadi. Yuqoridagi muloqot oynasidan “Gotovo” – “Tayѐr” tugmachasini chertamiz. Endi biz kompyu-terimizga dasturni o‘rnatilganini tekshir-ib ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun “Pusk” → “Vse programmы” → “Microsoft Office” bo‘limini ko‘rishimiz mumkin.













2

Adobe Reader dasturini o’natish



Kompyuter va kompyuter qurilmalari

1. Sizga kerak bo'lgan birinchi narsa - o'rnatish faylini yuklab olish va ishga tushirish.
2. Yuklab olishdan so'ng, faylni ishga tushiring va ochish uchun barcha kerakli operatsiyalarni bajarishni kuting. Keyin maqsad papkani tanlashingiz mumkin bo'lgan oyna ochiladi. Biz hamma narsani o'zgarmagan holda qoldirib, keyingi bosqichga o'tmoqdamiz. "Keyingi" tugmasini bosing.
3. Ushbu bosqichda sizdan tanlov qilishingiz so'raladi: yangilanishlarni avtomatik ravishda yoki qo'lda o'rnatish. Har bir narsani o'zgarmagan holda qoldiring va darhol keyingi slaydga o'ting. "Install" tugmasini bosing.
4. Dastur uchun kerakli qismlarini ochish uchun barcha kerakli operatsiyalar bajarilmaguncha kutib turing.
5. Bajarildi! Adobe Reader kompyu-teringizda muvaffaqiyatli o'rnatildi. Endi siz uni ishga tushirishingiz mumkin (qisqartma ish stoli avtomatik ravishda yaratiladi). Ishga tushgandan so'ng darhol litsenziya shartnomasi bilan rozilik berasiz.






Yüklə 157,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin