2-mavzu: Drayverlarni o‘rnatish. O‘chib ketgan malumotlarni tiklash. Ofis, amaliy dasturlar, utilitlarini o‘rnatish Reja:
Drayverlarni o‘rnatish.
O‘chib ketgan malumotlarni tiklash
Microsoft Office dasturlarini o'rnatish
Adobe Reader dastur haqida tushuncha va uni o’rnatish
1.Drayverlarni o‘rnatish Tovush kartasini va drayverini o'rnatish. Shaxsiy kompyuterni tarmoqdan o‘chiring.
Shaxsiy kompyuterning korpusini oching.
Tovush kartasini o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan slotni toping.
Tovush kartasini kerakli slotga joylashtiring va karta slotga to‘gri joylashguniga qadar kartani bosib turing.
Agar karta slotga kirmasa, uni bosmang, yaxshisi, hamma bajarganlaringiz to‘g‘ri ekanligini tekshirib chiqing.
O‘rnatishning to‘g‘riligini tekshiring.
Tizimli blokning korpusini yoping.
Shaxsiy kompyuterni ishga tushiring.
O‘rnatish to‘g‘ri bajarilganida, yangi jihozning uskuna ustasi ishga tushishi kerak. Agar bu hol ro‘y bermasa, uni qo‘l yordamida ishga tushiring.
Пуск->Настройка->Панель управления->Установка оборудо-вания bo‘limiga kirish zarur.
Tovush kartasiga mo‘ljallangan drayver dasturli diskni tayyorlang (odatda, u sotish to‘plamiga kiradi) va diskdagi kerakli o‘rtailuvchi dasturni yuklang
O‘rnatgandan so‘ng, tovush kartasi uskunalar ro‘yxatida paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini tekshirib ko‘ring
Tovush kartasini o‘rnarish yakunlandi.
Videokartani drayverini o'rnatish.Kartangiz uchun Internetdan yangi drayverlarni va agar kerak bo‘lsa, yangi BIOSni ham ko‘chirib olish kerak. Videokartani o‘rnatish yoki almashtirishdagi keyingi qadam 3D kartaning joriy drayverini Windowsda bo‘lgan standart "Standard PCI VGA" drayveriga almashtirilishidir. Bu talab hammadan ko‘proq Win95 kabi eski amallar tizimi uchun zarur. Lekin ehtiyot chorasi sifatida Win98 va ME operatsion tizimga ham bu chora qo‘llanishi zarur. Albatta, yangi operatsion tizimni avtomatik tarzda aniqlash imkoniyatlarining takomillashtirilishi kartani osongina qo‘shish va olib tashlashga imkon beradi, lekin shunga qaramay, biron yerda xatolik ketishi mumkin. Windows drayverining standart PCIsini o‘rnatish uchun "Панель управления-Настройка экрана" ("Boshqaruv paneli-Ekranni sozlash (Monitor)") /"Control Panel - Display Properties"ga kiring. Ekranni sozlashda "Адаптер" ("Adapter") (yoki Win98/MEdagi "Подробнее" ("Batafsilroq"/"Advaced")) bo‘limiga o‘ting(10.2-rasm) va "Изменить" ("O‘zgartirish"/"Change") tugmachasini bosing. So‘ngra "Показать список драйверов" ("Drayverlar ro‘yxatini ko‘rsatish” /"Display a list of driver")ni tanlang, "Показать всё аппаратное обеспечение" ("Hamma apparat ta’minotini ko‘rsatish"/"Show all hardware")ni ajrating, keyin esa taqdim etilgan ro‘yxatdan "Стандартный графический адаптер PCI" ("PCI Standart grafik adapter"/"Standart PCI Graphics Adapter")ni tanlang. Ogohlantirishga ahamiyat bermang va drayverni yuklang. Lekin qayta yuklash vazifasini birdaniga bajarmang.
Bu erda o‘rnatilish kerak bo‘lgan kartani drayverini kompyuterning o‘zidan yoki, adapterning maxsus diskidan o‘rnatish mumkin. Kompyuterni o‘zida ham ko‘pgina kartalarning drayverlari bor, lekin yangi chiqqan kartalar uchun albatta uning diski zarur.
“Have Disk…” tugmasini bosgan holda, diskdan o‘rnatilishi kerak bo‘lgan kartaning drayverini ko‘rsatamiz.
Agar sizda Win 98 yoki undan yuqoriroq tizim o‘rnatilgan bo‘lsa, unda videokartani "Системные настройки-Конфигурация" ("Tizimli sozlashlar-Konfiguratsiya"/"System Properties - Devise Manager") orqali osongina topish mumkin.
"Адаптер Дисплея (Видеоадаптер)" ("Displeyining adapteri (Video-adapter)"/"Display Adapters")ni bosing, so‘ngra esa videokartani ajrating va "Удалить" ("Olib tashlash" /"Remove") tugmachasini bosing. Ilgari aytilganidek, Win 95 kabi eski operatsion tizimda bunday qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu ko‘ngilsiz natijalarga olib kelishi mumkin. Amalga oshirilgan o‘zgarishlardan so‘ng kompyuterni qayta yuklash vazifasini darhol bajarish mumkin emas, chunki drayverlar sizning portingiz uchun yangi karta bilan birga avtomatik tarzda yuklanishi mumkin. Yangi karta bilan ular tabiiyki ishlamaydi. Videokartani o‘rnatishdagi oxirgi qadam eski videokarta uchun qo‘yilgan dasturiy ta’minotni olib tashlashdir. Masalan, sizning hozirgi kartangiz uchun o‘zingiz ataylab o‘rnatgan 3D kartasini ishga tushirish uchun utilitlar 3 dfxTools va boshqa dasturiy ta’minotlar shular sirasiga kiradi. Siz bu utilitlarni olib tashlamaguningizcha ular avtonom ravishda yuklanaveradi. Bu esa tizimning ishlashida nosozliklar, to‘xtab qolishlar, yangi videokarta bilan muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, yangi videokarta bilan bir komplektda bo‘ladigan yo‘riqnoma bilan tanishib olmoq kerak. Chunki juda ko‘p kartalarni o‘rnatish uchun, avval karta drayverlarini, keyin esa kartaning o‘zini o‘rnatish kerak bo‘ladi. Drayverlar va dasturiy ta’minot o‘rnatib bo‘lingach, olingan videokartaning hujjatlariga to‘liq ishonib ishlasa bo‘ladi.
Shaxsiy kompyuterdagi video Intel 810, 815 chipsetlariga o‘xshab integrallangan bolsa, u holda ko‘pchilik ona platalar kompyuterning ichiga o’rnatilgan videodan alohida ajratilganiga qiyinchiliklarsiz o‘tish imkonini beradi, lekin ayrim hollarda yangi videokartaning normal ishlashi va uni sozlash uchun tizimli BIOSdagi ba’zi sozlovlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Ona plata integrallangan holatlarda qo‘llanma bilan tanishish zarur. Endi kompyuterni o‘chirish va videokartani o‘rnatishga tayyorlanish kerak.