Tekshirdim


Microsoft Office dasturlarini o'rnatish



Yüklə 157,16 Kb.
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü157,16 Kb.
#176729
1   2   3   4   5   6   7   8
2-m.Dasturlar o‘rnatish (Ofis, amaliy dasturlar, utilitlar)

3. Microsoft Office dasturlarini o'rnatish

Microsoft Office dasturlari bugungi kunda eng keng tarqalgan dasturlardan hisoblanib, keng ko‘lamdagi ofis ishlarini bajarishga mo‘ljallangan. Bugungi kungacha Microsoft O ffice dasturlarning bir qancha versiyalari yaratildi. Eng oxirgi versiyalari bular: Office XP, Office 2003 va Office 2007. MS Office dasturlar paketini kompyuterga o‘rtatish (ustanovka qilish) boshqa dasturlarni o‘rnatish bilan deyarli bir xil tartibda olib boriladi. Ya’ni uni o‘rnatish uchun quyidagi ishlar ketma ketligi bajariladi. Oynadan Install tugmasi bosiladi. Natijada o‘rnatiluvchi fayllarni arxivdan ochish jaraѐni boshlanadi. Arxivdan to‘la ochib bo‘lingach SETUP.EXE ishga tushiriladi. Shu bilan ustanovka jaraѐni boshlanadi. Bizning qiladigan ishimiz so‘rov oynalariga kerakli javob-larni berib borishdan iborat. So‘ng kalit so‘zlarni kiritishni taklif qiluvchi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot oynasining “Klyuch produkta” bo‘limiga 5 qism va 25 belgidan iborat bo‘lgan kalit so‘zlarni kiritamiz. Biz bu kalit so‘zlarni ustanovichniy fayllar joylashgan papkadan olishimiz mumkin. Kalit so‘zlar Serial.txt nomli fayli ichida joylashgan bo‘ladi. Kalit so‘zlarni kiritishda agar hohlasak klaviatura orqali kiritishimiz yoki nushasini ko‘chirib olib o‘tishimiz mumkin. Kalit so‘zlarni to‘la va to‘g‘ri kiritganimizdan so‘ng “Daleye” tugmachasi aktivlashadi. “Daleye” tugmachasini chertganimizdan so‘ng muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynadan hech narsani o‘zgartirmay “Daleye” tugmachasini chertamiz. Natijada muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu muloqot oynasining “Ya prinimayu usloviya litsenzionnogo soglasheniya” ya’ni “Men litsenziyali xizmatlarni qabul qilishga roziman” bo‘limiga belgi qo‘yamiz. Natijada bu yerda ham “Daleye” tugmachasi aktivlashadi. “Daleye” tugmachasini chertganimizdan so‘ng o‘rnatish ko‘rinishlarini tanlashga imkoniyat beruvchi muloqot oynasi paydo bo‘ladi.


Muloqot oynasida o‘rnatishni to‘rt ko‘rinishda amalga oyshirish mumkin ekan. Bular:
Obыchnaya ustanovka – odatdagiday o‘rnatish;
Polnaya ustanovka – hammasini o‘rnatish;
Minimalnaya ustanovka – minimal holatda o‘rnatish;
Vыborochnaya ustanovka – tanlab o‘rnatish;
Biz o‘zimizga kulay ko‘rinishdagi o‘rnatishni tanlab olamiz. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish mumkinki ko‘pincha “Obыchnaya ustanovka – odatdagiday o‘rnatish” ko‘rinishi tanlanadi. Ko‘rinishni tanlab olganimizdan oynaning pastki qismida joylashgan o‘rnatish joyini belgilash qismidan qayerga o‘rnatishni belgilashimiz mumkin. Odatda bu yerga o‘zgartirish kiritmaymiz chunki avtomatik tarzda qayerga o‘rnatish to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz “Obzor” tugmachasini chertib kerakli joyni ko‘rsatishingiz mumkin. Kerakli belgilashlarni kiritib bo‘lganimizdan so‘ng yana “Daleye” tugmachasini chertamiz. “Daleye” tugmachasini chertganimizdan so‘ng yangi hisobot muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ya’ni qaysi dasturlarni o‘rnataѐtganini yana bir bora ko‘zdan kechirish imkoniyatini beradi.
Hammasi to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgani-mizdan so‘ng “Ustanovit” – “O'rnatish” tug-machasini chertamiz. Shu bilan 2-3 daqiqadan so‘ng o‘rnatish nihoyasiga yetadi. Yuqoridagi muloqot oynasidan “Gotovo” – “Tayѐr” tugmachasini chertamiz. Endi biz kompyu-terimizga dasturni o‘rnatilganini tekshir-ib ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun “Pusk” → “Vse programmы” → “Microsoft Office” bo‘limini ko‘rishimiz mumkin.



Yüklə 157,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin