Tekshiruv diktantini o’tkazish



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix17.03.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#88399
TEKSHIRUV DIKTANT SLAYD



Tekshiruv 
diktantini 
o’tkazish


Reja:
• 1.Diktant turlari ustida ishlash.
• 2.Tеkshiruv diktanti o`tkazish.
• 3. Nutqiy хatоlar ustida ishlash.


Partada to’g’ri o’tir!




• Diktant eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni 
yozishdir. O'quvchilarning og'zaki yozma nutqini 
o'stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning 
ahamiyati katta. O'quvchi diktant yozish jara-
yonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato 
qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik 
bilimlarni qay darajada o'zlashtirganliklariga 
bog'liq bo'ladi. Imlo qoidalari grammatik 
hodisalar bilan bog'liq bo'ladi. Demak, savodli 
diktant yozish uchun o'z navbatida grammatik 
qoidalarni ham bilish zarur.


• ​Boshlang'ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir 
qancha tamoyillarga rioya qilish zarur:
– Matnning monologik nutq shaklida bo'lishi. Unda 
ko'chirma gaplar, undalmali, kirish so'zli, ajratilgan 
bo'lakli gaplar, qo'shma gap bo'lmasligi lozim.
– Matn hajmi 1—4-sinf o'quvchilarining o'qish 
sur'tiga asoslangan bo'lishi.
– Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lishi
– Diktant matni o'quvchilarga u yoki bu haqda bilim 
berishi.
– ​ ​Tanlangan matn g'oyaviy-badiiy jihatdan yuksak 
bo'lishhi, olablar hissiyotiga ta'sir qilishi.
– Matn tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi.
– Matnda o'rganilayotgan hodisa kamida 5—6 
marta uchrashi.



• Ta'limiy diktantlarni o'tkazish vaqtini, 
o'rnini, turini o'qituvchining o'zi 
belgilaydi. Ta'limiy diktantlar uchun 
darsning ma'lum bir qismi (5—10 
daqiqasi), ba'zan bir dars ajratiladi. 
Bu diktant o'quvchilar bilimini 
mustahkamlash maqsadida 
o'tkaziladi.


Ta'limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish 
usuliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

Ta'kidiy diktant.

O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.

Izohli diktant.

Saylanma diktant.

Erkin diktant.

Rasm diktant.

Lug'at diktant.

Ijodiy diktant


• ​Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o'rganilib, 
mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni 
o'quvchilar qay darajada o'zlash- tirganliklari 
aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim 
o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi. 
Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5—6 marta 
o'tkaziladi. Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan 
xatolar Chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish 
usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv 
diktantining ta'limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq 
sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin