•
Diktant eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni
yozishdir. O'quvchilarning og'zaki yozma nutqini
o'stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning
ahamiyati katta. O'quvchi diktant yozish jara-
yonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato
qilmaslik ularning fonetik, leksik
va grammatik
bilimlarni qay darajada o'zlashtirganliklariga
bog'liq bo'ladi. Imlo qoidalari grammatik
hodisalar bilan bog'liq bo'ladi. Demak, savodli
diktant yozish uchun o'z
navbatida grammatik
qoidalarni ham bilish zarur.
• Boshlang'ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir
qancha tamoyillarga rioya qilish zarur:
–
Matnning monologik nutq shaklida bo'lishi. Unda
ko'chirma gaplar, undalmali, kirish so'zli, ajratilgan
bo'lakli gaplar, qo'shma gap bo'lmasligi lozim.
–
Matn hajmi 1—4-sinf o'quvchilarining o'qish
sur'tiga asoslangan bo'lishi.
–
Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lishi
–
Diktant matni o'quvchilarga u yoki bu haqda bilim
berishi.
–
Tanlangan matn g'oyaviy-badiiy jihatdan yuksak
bo'lishhi, olablar hissiyotiga ta'sir qilishi.
–
Matn tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi.
–
Matnda o'rganilayotgan hodisa kamida 5—6
marta uchrashi.
• Ta'limiy diktantlarni o'tkazish vaqtini,
o'rnini, turini o'qituvchining o'zi
belgilaydi. Ta'limiy diktantlar uchun
darsning ma'lum bir qismi (5—10
daqiqasi), ba'zan bir dars ajratiladi.
Bu diktant o'quvchilar bilimini
mustahkamlash
maqsadida
o'tkaziladi.
• Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o'rganilib,
mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni
o'quvchilar qay darajada o'zlash- tirganliklari
aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim
o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi.
Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5—6 marta
o'tkaziladi. Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan
xatolar Chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf
qilish
usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv
diktantining ta'limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq
sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.