"Telekamunikatsiya texnologiyalari" kafedrasi tt22-03 guruh talabasi Yarashov Jamshidning 2 мustaqil ta’lim ish hisoboti Algoritmlarni loyihalash fanidan



Yüklə 29,13 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü29,13 Kb.
#202731
  1   2   3
Yarashov Jamshid


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Telekamunikatsiya texnologiyalari" kafedrasi
TT22-03 guruh talabasi
Yarashov Jamshidning 2 мustaqil ta’lim ish hisoboti


Algoritmlarni loyihalash fanidan


2-MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI



  1. Algebraik ta transcendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari bo’yicha hisoblashda yaqinlashish tezligi bo’yicha baholash




  1. Chiziqli algebraic tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usullari. Yaqinlashish shartlari.




  1. Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko’rinishi. Simpleks usul.

Nazariy savollarga javoblar:





  1. Birinchi nazariy savol javobi

Ko`pincha matematik masalalarni sonli yechishda biz doimo aniq yechimga ega bo`la olmasdan, balki, yechimni u yoki bu darajadagi aniqlikda topamiz. Demak, aniq yechim bilan taqribiy yechim orasidagi xatolik qanday qilib kelib qoladi degan savol tug`ilishi tabiiydir. Bu savolga javob berish uchun xatoliklarning hosil bo`lish sabablarini o`rganish lozim. Aniq yechim bilan taqribiy yechim orasidagi farq xato deyiladi. Dastlabki ma’lumotlarning noaniqligi natijasida hosil bo`lgan xato yo`qotilmas xato deyiladi. Bu xato masalani yechayotgan matematikga bog`liq bo`lmasdan, unga berilgan ma’lumotlarning aniqligiga bog`liqdir. Lekin matematik dastlabki ma’lumotlar xatosining kattaligini bilishi va shunga qarab natijaning yo`qotilmas xatosini baholashi kerak. Agar dastlabki ma’lumotlarning aniqligi katta bo`lmasa, aniqligi juda katta bo`lgan metodni qo`llash o`rinsizdir. Chunki aniqligi katta bo`lgan metod ko`p mehnatni (hisoblashni) talab qiladi, lekin natijaning xatosi baribir yo`qotilmas xatodan kam bo`lmaydi. Ba’zi matematik ifodalar tabiat hodisasining ozmi - ko`pmi ideallashtirilgan modelini tasvirlaydi. Shuning uchun tabiat hodisalarining aniq matematik ifodasini (formulasini, tenglamasini) berib bo`lmaydi, buning natijasida xato kelib chiqadi. Yoki biror masala aniq, matematik formulada yozilgan bo`lsa va uni shu ko`rinishda yechish mumkin bo`lmasa, bunday holda bu masala unga yaqinroq va yechish mumkin bo`lgan masalaga almashtirilishi kerak. Buning natijasida kelib chiqadigan xato metod xatosi deyiladi. Biz doimo π, e, ln2 va shunga o`xshash irratsional sonlarning taqribiy qiymatlarini olamiz, bundan tashqari hisoblash jarayonida oraliq natijalarda ko`p xonali sonlar hosil bo`ladi, bularni yaxlitlab olishga to`g`ri keladi. Ya’ni masalalarni yechishda hisoblashni aniq olib bormaganligimiz natijasida ham xatoga yo`l qo`yamiz, bu xato hisoblash xatosi deyiladi. 



  1. Yüklə 29,13 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin