“avtomobil yo‘llarni qidiruv va loyihalash” kafedrasi “Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish” fanidan



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix06.05.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#108915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
AERODROM CHIQARISH UCHUN-2



“AVTOMOBIL YO‘LLARNI QIDIRUV VA 
LOYIHALASH” kafedrasi 
 
“Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya 
qilish” fanidan 
 
KURS ISHI 
Bajardi: 
101-19 guruh talabasi Mirzanazarov Nizomjon
Tekshiruvchi:
Baho:
Tekshiruvchi:
Baho:
Kurs ishi rahbari: 
Esirgapov A.S. 
Baho:


REJA 
1. Kirish
2. Andijon viloyati iqlimi . 
3. Aeroportning berilgan klasini tasdiqlash.
4. Aeroport vazyatlar rejasini tasdiqlash.
5. Aerodrom sinifni aniqlash.
6. SUQTning kerakli uzunligi va enini hamda uchish tasmalari 
elementlarining o‘lchamlarini mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda asoslash.
7. Rullash yo‘llarining eni va umumiy maydonini aniqlash.
8. Perronda havo kemalari (HK) ning turish joylari (TJ) ning kerakli sonini 
aniqlash, perronda HK larini joylashtirish sxemasini tanlash va perron maydonini 
hisoblash.
9. Bazaviy HK uchun turish (saqlash) joylari sonini aniqlash.
10. Maxsus vazifadagi maydonchalarning maydonini aniqlash.
11. Aerovokzal maydonini hisoblash.
12. Yuk omborining maydonini hisoblash.
13. Dunyoning ba’zi xalqaro aeroportlari xaqida malumot.
14. Xulosa.
15. Foydalanilgan adabiyotlar.
 


KIRISH
Aviatsiya transorti — yoʻlovchilar, pochta va yuklarni havo yoʻllari orqali 
tashishni amalga oshiradigan transport turi. Uning afzalligi shundaki, yuqori uchish 
tezligi hisobiga tashish vaqtini juda tejaydi, yer va suv yoʻllari boʻlmagan manzillar 
bilan bevosita transport aloqasini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini yaratadi. 
Dastlabki Havo transporti Birinchi jahon urushidan keyin Yevropa va 
Amerika davlatlarida vujudga keldi. Germaniya va Fransiyada transport turi sifatida 
1920—21 yillarda rivojlandi. Oʻzbekistonda birinchi havo yoʻli 1929-yil 12-mayda 
ochildi. Uz. 800 km boʻlgan Toshkent—Avliyoota (Taroz) — Pish-pek (Bishkek) 
— Olmaota marshrutida Rossiya koʻngilli havo floti jamiyati ("Dobrolyot")ning 
O'rta Osiyo boʻlimi (Kogon shahri)ga qarashli Germaniyadan sotib olingan 
"Yunkers—13" samolyotlarida dastlabki yoʻlovchilar tashish reysi amalga oshirildi. 
Shu yili uz. 450 km boʻlgan Kogon—Oq-toʻqay—Dargʻonota—Xiva hamda Buxo-
ro—Termiz—Dushanba havo yoʻllari ochildi. 1924-yilda Havo transportida jami 
1000 yoʻlovchi, 200 kg pochta joʻnatmalari, 5 t yuk tashildi. 1930-yillar boshidan 
Oʻzbekiston havo transportida yuk va yoʻlovchilar tashish ommaviy tus oldi, 1930-
yildan Toshkent—Mos-kva yoʻlida samolyotlar muntazam qat-nay boshladi. 
Toshkent (1932), nukus va Urganch (1939), Termiz (1940), Namangan (1941) 
shaharlarida aeroportlar qurilib ishga tushirildi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Il—12, YL—14. li2 va turli 
difikatsiyadagi AN—2 samolyotlari t. parklariga berildi. 1957—58 gsarda havo 
yoʻllarida TU—104, P—18, AN-24, YAK-40 samolyotlari, mi1, mi2, ka26 
vertotlari oʻzlashtirildi, mahalliy havo kelarida AN—24, YAK—40 samolyotlari 
qatnay boshladi. Ayni vaqtda dalalarga mineral oʻgʻitlar va zararkunanda 
hasharotlarga qarshi preparatlar sepishda, gʻoʻzani defoliatsiya qilish ishlarida 
avianiyadan keng foydalanildi. Qoʻqon (1947), Samarqand (1948), Qarshi (1955), 
Buxoro (1963) va Toshkent yaqinidagi Sergeli (1961) da yangi aeroportlar qurildi. 
1974-yildan IL-62, 1977-yildan TU—154 samolyotlari, 1982-yil dekabrdan IL—86 
aerobuslari respublika havo yoʻllarida ucha boshladi. 


1980-yilga kelib Oʻzbekiston havo transporti havo yoʻllarining uzunlgi 155 
ming km dan ortiq boʻldi (shu jumladan, mahalliy havo yoʻllari uz. 60,1 ming km ni 
tashkil etdi). 
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, 1992-yil 28-yanvarda sobiq Ittifoq 
Fuqaro aviatsiyasi vazirligi tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi 
boshqarmasi negizida "Oʻzbekiston havo yullari" milliy aviakompaniyasi tashkil 
etildi.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati yordamida aviatsiya 
tarmogʻiga 1 mlrd. 200 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi va 
rivojlangan zamonaviy infratuzilma barpo etildi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin