Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə23/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)




3.3. OTAL resurslarini ishlatish
O‘zbekistonning barcha xududlarida optik tolali aloqa liniyalari (OTAL) asosidagi transport tarmoqlari qurilgan va ularning resurslari NGN tarmog‘ini amalga oshirishda ishlatilishi mumkin. 3.7-rasmda operator STM traktlarini hosil qilmasdan NGN tarmog‘ining yangi transport vositalarini hosil qilishda ishlatishi mumkin bo‘lgan yondashuv aks ettirilgan.

3.7-rasm. NGN tarmog‘i uchun yangi transport resurslarining xosil bo‘lishi
Umumiy miqdori K+L ga teng bo‘lgan OTdan ikki gurux tolalar to‘plami ajratiladi. K tolalardan iborat birinchi to‘plam avvalgidek SDH qurilmalari bilan zichlashtiriladi. Zarur bo‘lgan STM traktlari miqdorini hosil qilish uchun ixcham spektral zichlashtiruvchi DWDM qurilmasi ishlatilishi mumkin.  tolalardan iborat ikkinchi to‘plam NGN tarmog‘i uchun keng polasali IP-traktlarini hosil qilish uchun ishlatiladi, masalan, Gigabit Ethernet texnologiyasi asosida. NGN tarmog‘i transport resurslarini hosil qilishning bunday yondashuvi o‘tish davri uchun optimal hisoblanadi.
Bunday yondashuv NGNning transport tarmog‘ini qurishning evolyusion strategiyasini ifodalaydi. Bu konsepsiya mavjud aloqa tarmoqlari operatorlariga asos bo‘lib hisoblanadi. Biroq ba’zi operatorlar uchun birdaniga yangi paketli NGN tarmog‘iga o‘tish ma’qul kelishi mumkin. Bu holda SDH qurilmasi yo olib tashlanadi, yoki keyinchalik ATM kommutatorlari bilan ishlatish uchun qoldiriladi. Bu NGN tarmog‘ining transport infrastrukturasi “SDH ustida ATM” tamoyiliga asoslanishini anglatadi. SHuningdek boshqa echimlar ham mavjud. Xususan, SDH qurilmalarining yangi avlodi (NG SDH) ko‘pincha Ethernet portlariga ega bo‘ladi va bu “SDH ustidan Ethernet” texnologiyasini ishlatishga imkon beradi. Bunday yondashuv SDH asosida transport tarmog‘ini samarali boshqarish imkoniyatlari tufayli jozibali hisoblanadi.
NGN tarmog‘ida optik transport tarmog‘ini ishlatish 3.8-rasmda aks ettirilgan.
3.8-rasm. NGN tarmog‘ida optik transport tarmog‘ini ishlatish

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin