Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Yangi xizmatlarni joriy qilish (kiritish) zarurati



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə41/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

6.3. Yangi xizmatlarni joriy qilish (kiritish) zarurati
Odatdagi aloqa operatorlari duch kelgan asosiy muammolardan biri bu tarmoq sig‘imining to‘lishidir. Buning natijasida yig‘ilgan sig‘im doirasida taklif etiladigan xizmatlar spektrini kengaytirish, shuningdek mavjud xizmatlarning funksionalligini kengaytirish masalasi yuzaga keladi. Bu ishlarsiz tarmoq daromadini oshirib bo‘lmaydi. Xizmatlar spektrini kengaytirishning bir yo‘li, NGNning paketli tarmoqlari hisoblanadi. Bunday tarmoqlarni nazariy yaratish imkoniyatlari va multimediali xizmatlarni etkazish, ularni ishlab chiqaruvchilarning fantaziyalari bilan chegaralanadi. 
Bashoratlarga asoslangan holda, operatorlar foydasi (daromadi)ning oshishi, yangi infokommunikatsiya xizmatlarining yaratilishi hisobiga amalga oshadi. Aloqa kompaniyalari mavjud daromadlar satxini qo‘llab quvvatlashi mumkin, faqat foydalanuvchilarga yangidan yangi xizmatlarni taklif etgan holdagina.
Bugungi kunda Internet, ko‘pgina turli tuman infokommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi va foydalanuvchilar so‘rovlarini operativ sezuvchi yagona tarmoqdir. Bu fenomenning kalit elementlaridan biri, xizmatlar normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan, bevosita aloqa xizmatlari va texnik vositalarini taqdim etuvchi (umumiy holda bu operator emas) kompaniyaning xizmat-ilovalar yaratish va nazorat imkoniyatidir. 
Kompyuter-telefon integratsiyasi(CTI) konsepsiyasi va intelektual tarmoqlar (IN) bunday imkoniyatlarga ega emas. Hozirgi kunda operatorlarning yangi xizmatlarga bo‘lgan qiziqishi oshib bormoqda. Operatorlarning yangi xizmatlar bozoriga bo‘lgan qiziqishning oshishiga bo‘lgan sabablarning ichida quyidagilarni alohida ajratish mumkin:
- mobil aloqa operatorlariga va 1R-telefoniiya xizmatlarini etkazib beruvchilarga o‘tganligi tufayli, TfUF abonentlarining sonini qisqarishi;
- operatorlar imkoniyatlarining tenglashganligi, operatorlar imkoniyati va mahalliy raqamni (nomerni) (LNP) tashuvchi xizmatlarning paydo bo‘lishi kompaniyani xabardor bo‘lishini pasaytiradi va raqobatbardoshlik ustunligining muvozanatini yo‘qotadi;
- telekommunikatsiya bozorida yangi turdagi terminallarning paydo bo‘lishi, ularni faqatgina qo‘shimcha xizmatlar rivojlangan bozordagina samarali qo‘llash mumkin.
NGN tarmoqlarining farqi shundaki, bugungi kunda bittagina foydalanuvchi turli tarmoqlarda turli profilli xizmat ko‘rsatishga ega bo‘lgan klient kabi hisoblanadi. Bunda unga bir tarmoqda taqdim etiladigan xizmat boshqasida xuddi shu sharoitda taqdim etilishi mumkin emas. NGN tarmoqlari foydalanuvchilari to‘liq harakatda bo‘ladi, ya’ni u har qanday joyda, kirish texnologiyalariga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zining xizmatini olishi mumkin.
Bugungi kunda NGN tarmoqlari taqdim etadigan odatdagi xizmatlar quyidagilar hisoblanadi:
- telefoniyaning odatdagi trafiklarini uzatish;
- Internet ma’lumotlari trafigini uzatish (xususiy shaxs va kompaniya uchun);
- korporativ tarmoq ma’lumotlarining trafigini uzatish (LHTni birlashtirish);
- IP-telefoniya trafigini uzatish (xususiy shaxs va koporativ tarmoq uchun);
- nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan sifatli videotrafikni uzatish (videokonferensiyani tashkillashtirish yoki serverli videotranslyasiya);
- yuqori sifatli videotrafikni uzatish (xabar beruvchi video va VoD-so‘rov bo‘yicha video).
Bugungi kunda qayd qilingan servislardan ko‘pchiligini yagona xizmatlar paketiga birlashtirish tendensiyasi, real yoki bashoratlanadigan bozor talabi kabi, servis-provayderlar orasidagi raqobatbardoshlik kurashi bilan ham bog‘liqdir. Masalan, kabelli televideniya tarmoqlari operatorlari va odatdagi telefon operatorlari o‘zining abonentlariga Internetga ulanishni faol taklif qilini boshlaydi, yirik Internet provayderlar esa alternativ 1R-telefoniya tarmoqlarini tashkil etadi.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin