Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Telematik xizmatning taqsimlangan tuguni



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə62/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

9.8. Telematik xizmatning taqsimlangan tuguni
sifatidagi Softswitch uskunasi
Telematik xizmatning taqsimlangan tuguni sifatidagi Softswitch uskunasi yo‘l beradi:
-  internet ga kirish nuqtalarini yaratish;
-  telefon tarmog‘i numeratsiyasidan foydalanib ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bo‘yicha ovozli axborotni uzatish mahalliy va ichki mintaqaviy xizmatlarga ulanish imkonini berish;
-  telefon tarmog‘i numeratsiyasini ishlatmasdan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bo‘yicha axborotni uzatish tashkil qilish (SIP-telefoniya);
-  multimedia va hokazo xizmatlarini berish.
Internet tarmog‘iga kirish nuqtasi (POP) kommutatsiyalanadigan ulashni ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga terminatsiyasini ta’minlovchi shlyuzlarda amalga oshiriladi. Bu holda shlyuzlar vazifasi kanallar kommutatsiyasi bilan tarmoq bo‘yicha kommutatsiyalanadigan ulash rejimida (dial-up) uzatiladigan axborotni IP paketlariga o‘zgartirish hisoblanadi. Kirishni mualliflashtirish serveri (RAS) Softswitch uskuna tarkibiga kirishi mumkin yoki alohida uskuna sifatida amalga oshirilishi mumkin.
Telefon tarmog‘i numeratsiyasidan foydalanib ma’lumotlar uzatish tarmoqlari bo‘yicha ovozli axborotni uzatish mahalliy va ichki mintaqaviy xizmatlarga ulanish imkoni telefon kartalarini ishlatish bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu holda Softswitch uskunasida chaqirilayotgan abonentni identifikatsiyasi uchun qo‘llaniladigan qo‘shimcha manzil axborotini bilib olish algoritmi amalga oshirilishi kerak.
Telefon tarmog‘i numeratsiyasini ishlatmasdan ma’lumotlar uzatish tar-moqlari bo‘yicha axborotni uzatish xizmatlarini berish uchun (IP-telefoniya) foydalanuvchining nomlarini yoki manzillarini IP manzillariga o‘zgartirishni ta’minlash kerak. Buning uchun URI (bir turdagi resurslar identifikatori) bo‘yicha IP manzilini aniqlashga yo‘l beruvchi ENUM (yagona kommunikatsion nomerlar tizimi) tizimi ishlatilishi mumkin.
Multimedia xizmatlarini berish multimedia tarmoq terminallarini (SIP/H.323) ishlatuvchi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Xozirgi paytda multimedianing asosiy ilovalari bo‘lib hisoblanadilar: multimediali konferensiyalar, audio va video so‘rov bo‘yicha xizmatlari, o‘yinlar. Multimedia xizmatlarini berish paketlar kommutatsiyasi bazasidagi tarmoqda o‘rnatiluvchi multimedia serverlarini ishlatish hisobiga amalga oshriladi. Softswitch bazasida telematik xizmatining taqsimlangan tuguni qurishda echimlarni ishlatishning asosiy afzalligi mavjud bo‘lgan va istiqbolli telematik xizmatlarni berish uchun yagona tarmoq infrastrukturasini ishlatish imkoniyati hisoblanadi. Bunda quyidagilar ta’minlanadi:
-  Parlay shlyuzlarida standart amaliy interfeyslarni mavjudligi hisobiga yangi qo‘shimcha xizmatlarni egiluvchan kiritish imkoniyati;
- har xil tarmoqda, xizmatlar amalga oshiradigan, ilovalar serveri bilan o‘rnatilgan, Parlay shlyuzlarini o‘zarohamkorligi hisobiga, rouming xizmatlarini ta’minlash imkoniyati;
-  egiluvchan tarif siyosati imkoniyati;
-  tarif va statistik axborotni makazlashtirilgan yig‘ish;
-  ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun nazorat nuqtasini makazlashtirish hisobiga, ekspluatatsion xarajarlarni kamaytirish.
Bilgilash kerakki, ishlab chiqaruvchidan bog‘liqlikda Softswitch uskunasi yuqorida keltirilgan qo‘llanishlarning biriga yoki bir nechtasiga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Softswitch uskunasi bazasidagi tarmoqdan eng ko‘p samara ovozli axborotni uzatishda kafolatlangan xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlovchi, paketlar kommutatsiyasi bilan tarmoq faqat mavjudligida erishishi mumkin. Buda Softswitch uskunasi uni bir necha tarmoq ssenariyalarida ishlatishga yo‘l berishi kerak, chunonchi, tranzit kommutatsiya stansiyasi va mahalliy oxirgi kommutatsiya stansiyasi sifatida va shuningdek qo‘shimcha (intellektual va telematik) xizmatlar berish uchun platformasi sifatida.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin