Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə63/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

Nazorat savollari
1. Telekommunikatsiyani boshqarish tarmog‘ini vazifasi nimadan iborat?
2. Tarmoqni boshqarish masalasi nimadan iborat?
3. IPCC konsorsiumi yaratgan Softswitch etalon arxitekturasining funksional tekisliklarini sanab o‘ting.
4. Qanday funksional tekislik qo‘shni tekislikdan tushayotgan signal xabar asosida chaqiruvga xizmat ko‘rsatishni boshqaradi, tarmoq bo‘yicha foydalanuvchi axborotini uzatish uchun ulash o‘rnatadi va uni uzadi?
5. Qanday funksional tekislikda ilovalar serverlari Application Servers va qo‘shimcha xizmat serverlari Feature Servers joylashgan?
6. Qanday funksional tekislik abonentlarni va xizmatlarni yoqish/o‘chirish, ekspluatatsion qo‘llash, billing va tarmoq texnik ekspluatatsiyaning boshqa funksiyalarini quvvatlaydi?
7. Taqsimlangan oxirgi kommutatsiya stansiyasi sifatida Softswitch qo‘llanilgan holatda foydalanuvchi ulanishini kommutatsiyasi bo‘yicha funksiyalarni kim ta’minlaydi?
8. Taqsimlangan SSP sifatida Softswitch qo‘llanish kamchiliklari qanday?
9. Taqsimlangan SSP sifatida Softswitch qo‘llanish afzalliklari qanday?
10. MOBIL VA SIMLI TARMOQLARNING KONVERGENSIYASI. IMS ARXITEKTURASI
10.1. Simli va mobil tarmoqlarni konvergensiya qilish
Softswitch ni modernizatsiya qilish konsepsiyasi 2005-2006 yillarda tushunarli bo‘ldi va NGN konsepsiyasini rivojlantirish strategiyasi shakllantirildi. Softswitch dan yangi konsepsiyaga o‘tishning quyidagi prinsiplarini ajratish mumkin (10.1-rasm).
1. Mobil tarmoqlarning rivojlanishi shunga olib keldiki, aksariyat NGN abonentlarining mobil telefonlari ham bor. Natijada foydalanuvchilar NGN terminallarida sotali tarmoqlarning funksiyalarini va sotali tarmoqlarda keng polosali kirish funksiyalarini realizatsiya qilishni xohlaydilar (masalan, rouming funksiyalari). Sotali tarmoqlarning 2,5 G dan 3G va 4G ga qarab rivojlanishi sotali va keng polosali tarmoqlarni konvergensiya qilish g‘oyasiga olib keladi.

10.1-rasm. IMS konsepsiyasiga o‘tish
2. Oxirgi bir necha yillar mobaynida aloqa xizmatlarini personallashtirish konsepsiyasi keng tarqaldi. NGN davri bilan boshlangan xizmat sohasidagi inqilob juda yangi xizmatlarning murakkab va bir xil bo‘lmagan dunyosini yuzaga keltirdi. Natijada, NGN abonenti minglab turli xizmatlardan foydalana olishlari mumkin. Ammo, haqiqatda abonentni atigi bir necha o‘nta xizmatlar qiziqtiradi. Har bir abonent uchun xizmatlar to‘plami personallashtirilgan bo‘ladi. Softswitch texnologiyasi xizmatlarni personallashtirishga birinchi qadamlarni qo‘ydi, ammo ular keyinchalik rivojlanish uchun etarli bo‘lmadi.
3. Xizmat personallashtirish bilan NGN abonentlari roumingi bo‘yicha yangi talablar bog‘liq. NGN abonentni tarmoq nuqtalaridan birida personallashtirilgan xizmatlar to‘plamini oladi deb faraz qilamiz. Agar u boshqa nuqtaga o‘tsa, mantiqan shu xizmatlar to‘lamini olishi kerak. Buni zamonaviy NGN tarmog‘ida xizmatlar roumingi konsepsiyasi sifatida talqin qilish ham mumkin.
4. Nihoyat, Triple Play xizmatlar konsepsiyasidan (ma’lumotlar, nutq va videoni birlashtirish) Triple Play ga o‘tish boshqaruv konsepsiyasini o‘zgartirishga olib keldi. Natijada, yangi konsepsiya keng polosali abonentlarning mobilligini talab qildi va sotali tarmoqlarning barcha texnologiyalari (tutib olish, kuzatish va rouming) NGN tizimlari uchun talabgor bo‘lib qoldi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilib aytish mumkinki, NGN abonentlari mobillikka o‘tmoqda, sotali tarmoqlar abonentlari – keng polosali xizmatlardan foydalanishmoqda, ikkila tarmoqlarning xizmatlari esa personallashib bormoqda.
Tarmoqlar evolyusiyasi nuqtai nazaridan IMS ning paydo bo‘lishi – zamonaviy texnologiyalarni konvergensiya qilish bo‘yicha umumiy harakatlarning natijasidir (10.2-rasm). Ushbu tendensiya doirasida LAN va WAN ni yagona multiservis tarmoqqa birlashtirishni konvergensiya yo‘lidagi birinchi qadam sifatida ko‘rish mumkin. An’anaviy telefoniya va VoIP ni yagona IP-telefoniya texnologiyasiga birlashtirish ikkinchi qadam bo‘ldi. Turli xizmatlarni Triple Play konsepsiyasi asosida birlashtirishni aloqa tarmoqlarining global konvergensiya qilish yo‘lidagi uchinchi qadam deb nomlash mumkin, evolyusiyaning natijasi esa simli va simsiz texnologiyalarni IMS nomi ostida birlashtirishdir.

10.2-rasm. IMS yo‘nalishida zamonaviy tarmoqlarning evolyusiyasi
IMS muqim va mobil tarmoqlar aloqa abonentlariga nutq, matn, grafik va videoning turli kombinatsiyalariga asoslangan personallashtirilgan xizmatlarni ishlab chiqish va taqdim qilish imkonini beradi. Natijada, IMS echimlari keng to‘plamli, jumladan, TDM yoki Softswitch dagi NGN tarmoqlarida amalga oshirish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy samarasiz bo‘lgan xizmatlarni taqdim qilish hisobiga oxirgi foydalanuvchining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

10.3-rasm. IMS texnologiyasini joriy qilish hisobiga jahon iqtisodiyotidagi taxminiy o‘sish (manbaa: ABI Research)
IMS texnologiyasi hozirgi vaqtda batafsil standartlashtirilgan va ITU-T, ETSI TISPAN va boshqa tashkilotlarning tavsiyanomalarida keltirilgan. Amaliy joriy etish nuqtai nazaridan IMS texnologiyasi juda istiqbollidir, ammo eng ishonchli ehtimollar ham uni 2008-2010 yillar texnologiyasi ekanligi haqida xabar bermoqda (10.3-rasm).
Quyida IMS texnologiyasining xususiyatlarini kitoblar beradigan imkoniyat daradasida ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin