Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


 O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘i holati



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə81/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

12.6. O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘i holati
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘i holatini quyidagicha tavsiflash mumkin:
- Xalqaro telefon kommutatsiya markazi – 4 ta:
- Shaharlararo telefon stansiyalari – 13 ta;
- Umumiy sig‘im 95 159 port (kanal);
- Ishlatilgan sig‘im 78 444 port (kanal);
- Xalqaro paket kommutatsiya markazi – 1 ta (515 Mbit/s).
- Mahalliy telefon tarmog‘i: jami 2 041 ta telefon stansiya, umumiy o‘rnatilgan sig‘im – 2 067 037, foydalanilayotgan sig‘im – 1 818 400;
Mobil kommutatsiya markazlari(CDMA 450) – 5 ta: umumiy sig‘imi 120,0 ming raqam, baza stansiyalari soni 153 ta.
Mahalliy telefon tarmog‘ining bugungi holatini quyidagi tavsiflash mumkin:
- Shahar telefon tarmog‘i: jami 485 ta telefon stansiya, umumiy o‘rnatilgan sig‘im – 1 709 519, foydalanilayotgan sig‘im – 1 553 166; shahar telefon tarmog‘i to‘liq - 100 foiz raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan.
- Qishloq telefon tarmog‘i: jami 1 556 ta telefon stansiya, umumiy o‘rnatilgan sig‘im – 359,3 ming, shundan raqamlisi – 107,6 ming, ya’ni -----%
O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirsh borasida quyidagi dolzarb vazifalar bajarilishi lozim:
1. Xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishni kengaytirish:
- Qirg‘iziston Andijon–Osh – (STM-16)
- Tojikiston Denov-Tursunzoda – (STM-16)
- Qozog‘iston Qo‘ng‘irot-Beynau – (STM-16)
- Afg‘oniston Termiz-Xayraton – (STM-16)
2. Xalqaro kommutatsiya markazlarini va shaharlararo telefon stansiyalarini kengaytirish.
3. Internet tarmog‘ini xalqaro darajada 1 Gbit/s ga etkazish.
4. Magistral tarmoqda DWDM texnologiyasini qo‘llash va zonaichi transport tarmog‘ini kengaytirish:
- Toshkent – Buxoro DWDM/SDH;
- Toshkent – Farg‘ona vodiysi DWDM/SDH;
- Toshkent – Olmaliq –Begetelek –Qo‘qon raqamli RRL.
5. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini viloyat darajasida
10 Gbit/s, tuman darajasida 1Gbit/s tezlikka etkazish:
- Toshkent – Farg‘ona vodiysi IP/MPLS – 10 Gbit/s, 1 Gbit/s:
- Toshkent – Buxoro yo‘nalishida IP/MPLS – 1 Gbit/s.
6. CDMA-450 mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish:
- Shimoliy hududlarda 20 ta BTS va Buxoro kommutatori imkoniyatlarini kengaytirish.
7. Qishloq telekommunikatsiya tarmog‘ini raqamlashtirish va kengaytirish:
- «Koinot» OAJning 42 ming sig‘imli raqamli telefon stansiyalarini ishga tushirish.
8. Infratuzilma ob’ektlarini aloqa bilan ta’minlashni tezlashtirish:
- «Koinot» OAJning raqamli telefon stansiyalari va CDMA-450 tarmog‘i orqali tashkil etish.
9. Qo‘shimcha xizmat turlarini kengaytirish:
- Toshkent shahar maxsus aloqa xizmati bog‘lamasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish.
10.  Keng polosali xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha so‘nggi mil muammolarini hal qilish:
- abonent liniyalarida xDSL texnologiyasi (MSAN va b.) qo‘llash;
- ko‘p qavatli binolar, idoralarga FTTx texnologiyasiga o‘tish;
- CDMA, WiMax texnologiyalari asosida simsiz aloqani tashkil qilishni kengaytirish;
- videotelefon, IPTV, VoD, TvoD va boshqa intellektual xizmat turlarini joriy qilishni tezlashtirish.
O‘zbekistonda tarmoqlangan raqamli transport tarmog‘ini yaratilganligi, hamma tabaqa foydalanuvchilarining ma’lumotlar uzatish xizmatlariga, shu jumladan Internet tarmog‘i xizmatlariga talablarini to‘laqonli qondirish maqsadida, ma’lumotlar uzatish zamonaviy texnologiyalarini va yangi multimedia xizmatlarini joriy etish uchun platforma yaratdi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari – bu soxaning rivojlanayotgan majmuasidir. 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin