Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi R. N. Radjapova keyingi avlodning konvergent tarmoqlari


Keng polosali kirishning rivojlanish istiqboli



Yüklə 3,29 Mb.
səhifə78/82
tarix19.08.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#139917
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Telekommunikatsiya-injiniringikafedrasiR.N.Radjapova (7)

12.3. Keng polosali kirishning rivojlanish istiqboli
Keng mintaqali (polosali) kirishning asosiy turlari:
- simli keng mintaqali (polosali) kirish (xDSL);
- optik keng mintaqali (polosali) kirish;
- simsiz keng mintaqali (polosali) kirish: WiMAX, WiFi, WiBro, uyali (3G).
Simli kirish texnologiyalari quyidagicha tavsiflanadi. xDSL texnologiyasi shahar telefon tarmog‘ining simli liniyalarida yuqori tezlikli aloqa kanallari xosil qilish imkonini beradi. Bu xolda erishilayotgan tezlik va uzatish sifati faqat avvallari optik tolali aloqa liniyalarida mumkin bo‘lar edi. xDSL modemlar regeneratsiyali yoki regeneratsiyasiz bitta yoki ikkita juftli simmetrik elektrik kabellar bo‘yicha signallar oqimini uzatishga mo‘ljallangan. xDSL larning quyidagi modifikatsiyalari mavjud:
- ADSL- Asymmetric Digital Subscriber Line;
- HDSL – High-bit-rate Digital Subscriber Line;
- SDSL – Single Pair Digital Subscriber Line;
-VDSL – Very High-bit-rate DSL
Optik kirish texnologiyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin. FTTH  (Fiber To The Home). Bu termin 1990 yillar oxirgi telekommunikatsiya “bum”i paytida paydo bo‘lgan va MDX davlatlarida “tola uyga” deb tarjima qilingan.  FTTH ning g‘oyasida ommaviy abonent va abonent qurilmasining arzonligiga urg‘u berilgan. FTTH bilan birga FTTC /FTTB/ FTTP terminlar xam keng qo‘llaniladi. FTTC (Fiber To The Curb) eng keng tarqalgan ma’nosi, tola “tugunga (uzelga)” yoki raqamli aloqaning taqsimlash tuguniga, yoki kabelli televideniening tuguniga deb tushuniladi. FTTB (Fiber To The Building) – tola binoga. Buning potensial mijozlari – kompaniyalar-provayderlar, aloqa va kabelli televidenie operatorlari. FTTB ning xususiyati – oxirlanma qurilmaning arzon bo‘lishi shart emas, lekin ko‘pchilik foydalanuvchilarni xizmat bilan ta’minlashi shart. FTTB qo‘llanishlarining asosiy mijozlari biznes mijozlar – aloqa operatorlaridir, FTTB ning quvvati esa ko‘p sonli oddiy abonentlarga etishi kerak. Agar kompaniya er uchastkasi, binolar guruxi, omborxona, bitta bino, bitta ofis va boshqalarga egalik qilsa, bularning hammasi Premises deyiladi. SHuning uchun FTTP ning ma’nosi oddiy, telekommunikatsiya biznesini optik tolali aloqa liniyasiga ulanishidir.
Simsiz kirish texnologiyalarini quyidagi operatorlar amalga oshiradi, jumladan“O‘zbektelekom” AK, “IST-Telekom”, “Buston” QK, “Super iMAX” kompaniyalari. Simsiz kirish texnologiyalaridan foydalanish ma’lum afzalliklarga ega. Ularni qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Wi-MAX dan foydalanish afzalliklari:
- abonent komplektining kompaktligi, uni ish stoliga joylashtirish mumkin;
- uskunani o‘rnatish osonligi, o‘rnatish vaqti 10-20 daqiqadan oshmaydi;
- abonent qurilmasidan foydalanishning osonligi;
- bazaviy stansiyaning bevosita ko‘rinishi bo‘lmaganda xam ishonchli aloqa bo‘lishligi;
- kompleks xizmatlar olish imkoniyati – uskuna bir paytning o‘zida, sifatni pasaytirmasdan, telefoniya xizmatlarini olishni, Internetga kirishni va korporativ tarmoqlarni tashkil etishni ta’minlaydi;
- xizmatning cheklangan mobilligi, ya’ni kompaniya Wi-MAX tarmog‘i qoplagan zonasidagi istalgan yangi joyga ko‘chib o‘tganda, sozlanishlar saqlanadi va aloqa avvalgiday ishlaydi;
- installyasiyani arenda qilingan binoning ma’muriyati bilan kelishish kerak emas;
- xizmatga ulanish uchun sim tortish yoki devorlarni teshish lozim bo‘lmaydi.
Wi-Fi dan foydalanish afzalliklari:
- tarmoqni kabel yotqizmasdan rivojlantirish mumkinligi, tarmoqni rivojlantirish va kengaytirish narxini (qiymatini) kamaytirish mumkin. Kabel yotqizish mumkin bo‘lmagan joyda, masalan binodan tashqarida va tarixiy axamiyatga ega binolarda simsiz tarmoq xizmat ko‘rsatishi mumkin;
- Wi-Fi qurilmalar telekommunikatsiya bozorida keng tarqalgan. Xar xil ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari esa servislarning bazaviy satxida o‘zaro bog‘lanishi mumkin;
- Wi-Fi tarmoq roumingni qo‘llaydi, shuning uchun mizjoz stansiyasi bitta kirish nuqtasidan ikkinchisiga o‘tib, muxitda xarakatda bo‘lishi mumkin;
- Wi-Fi bu global standartlarning to‘plamidir. Uyali telefonlardan farqli ravishda, Wi-Fi uskunasi dunyo bo‘yicha hamma mamlakatlarda ishlashi mumkin.
Simsiz kirish texnologiya (Wi-Bro). Samsung kompaniyasi Wi-MAX simsiz aloqa standarti uchun yangi echim topdi va uning asosida uyali aloqa uchun xususiy Wi-Bro (Wireless Broadband keng mintaqali (polosali) simsiz aloqa) standartini ishlab chiqdi. Samsung kompaniyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha Wi-Bro ning WiMAX qurilmalari bilan mosligi saqlanib qolgan, Wi-Bro adapterlari kam energiya ta’minotli bo‘lganligi sababli, ular bilan uyali telefonlarni jixozlash va shuningdek ularni noutbuklarga joylashtirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda mobil aloqaning rivojlanish tendensiyalari. Mamlakatimizda mobil aloqa standartlarini joriy etilishi quyidagicha bo‘ldi. 1991 yil (1G) – NMT-450 standarti, 1994 yil (1G) – AMPS/DAMPS standarti, 1996 yil (2G) – GSM standarti, 2004 yil (2,5G) – CDMA-1x standartlari (CDMA800, CDMA-450), 2009 yil (3G) - CDMA-1x-2000 (CDMA800 EV-DO Rev A, CDMA-450 EV-DO Rev A) standarti va (3G) – UMTS standarti joriy etilishi rejalashtirilgan.











12.1-rasm. Keng polosali kirishning yillar davomida o‘zgarish dinamikasi


Keng polosali kirishning yillar davomida o‘zgarish dinamikasi 12.1-rasmda keltirilgan. Rasm taxlili “oxirgi milya” telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish zamonaviy bosqichida mis simlardan foydalanishga qiziqishlar kamayib borayotganini ko‘rsatadi. Mis liniyalar o‘rniga optik tolali liniyalar va simsiz (mobil (uyali) va WiMAX simsiz keng mintaqali kirish) texnologiyalar kirib kelyapti, ular yaqin kelajakda ommaviy avjiga chiqishi mumkin. Mobil (uyali) abonentlar 2010-2012 yillar avjiga etib so‘ngra kamayishi mumkin. Xozirgi paytda O‘zbekiston respublikasida simsiz texnologiyalar, shuningdek mobil va WiMAX simsiz keng mintaqali kirish texnologiyalari keng joriy etilmoqda.

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin