Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Internet tarmog‘idagi xizmatlar



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   183
T

Internet tarmog‘idagi xizmatlar 
Internet tarmoqlarida amalga oshiriladigan ilovalarga World Wide 
Web (WWW), elektron pochta, haqiqiy vaqtda Internet orqali axborot 
almashish (chat rooms), oqimli video, muzikali saytlarga ulanish kiradi. 
WWW qo‘llanilgan holatda foydalanuvchi kompyuter ekranida matn va 
grafik obyektlarni ko‘radi, belgilangan obyektga sichqoncha tugmasini 
bosadi va mos kelgan sahifa ekranda paydo bo‘ladi. 
Boshqa ilovalar oqimli video xizmati hisoblanadi. Oqimli video - 
video yozishni bajarish uchun manba va qabulqilgich mos keluvchi 
qurilmaga ega bo‘lishi kerak. Internet protokollari va vositalarini qo‘llash 
bilan video oqim manbadan qabul qiluvchiga jo‘natiladi. Bu xizmat talab 
bo‘yicha video (Video on Demand, VoD) ilovalardan biri singari ko‘rilishi 
mumkin. 
Oxirgi servyerda joylashgan, o‘chirilgan ma’lumotlar fayllariga 
ulanish usullaridan biri, mijoz so‘rovi bo‘yicha fayl nusxasini uzatish 
hisoblanadi. Bu maqsadda Internet tarmoqlarida standart protokol FTP 
(File Transfer Protocol) -fayllarni qayta uzatish protokoli qo‘llaniladi. 


264 
FTP protokoli server va mijoz orasida ma’lumotlar fayllarini 
almashish uchun qo‘llaniladi. Har bir oxirgi nuqta fayllarni uzatish va 
olish/so‘rash imkoniga ega. Bunday fayllarga matn, grafika, tasvirlar
ovoz, video va multimediali axborot bo‘lishi mumkin. Shuningdek FTP 
protokoli, mijoz kompyuteriga dasturiy ta’minotni yuklash uchun ham 
qo‘llaniladi. Foydalanuvchi FTP protokoli yordamida olinadigan fayllarni 
to‘g‘rilashi mumkin (o‘chirish, nomini o‘zgartirish, nushalash va 
boshqalar). 
Texnik nuqtai nazardan WWW, yagona HTTP (Hypertext Transfer 
Protocol) protokoli yordamida muloqot qilinadigan ko‘pgina mijozlar va 
serverlar sifatida ko‘riladi. Internetda gipermatnni aks ettirish, yaratish va 
saqlashni yengillashtirish uchun HTML (Hypertext Markup Language) 
dasturlash 
tili 
qo‘llaniladi. 
HTTP 
va 
HTML 
protokollarining 
kombinatsiyasi Internet global tarmog‘i orqali matn, grafika, ovoz, video 
va boshqa multimediali fayllarni yetkazishni ta’minlaydi. 
Elektron pochta IP tarmoqda eng eski ilovalardan biri hisoblanadi. 
Hozirgi kunda millionlab odamlar har kuni elektron pochta orqali axborot 
almashadi. Bu almashish SMTP (Simple Mail Transfer Protocol – pochta 
xabarlarini eltishni oddiy protokoli) protokoli yordamida amalga 
oshadigan mijoz va server orasida ma’lumolar almashishni yana bir 
ko‘rinishi hisoblanadi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin