262
IPTV arxitekturasi
IPTV tizimi arxitekturasining umumiy ko‘rinishi 3.7-rasmda
keltirilgan. Arxitektura o‘zining tarkibiga quyidagi funksional bloklarni
kiritadi:
- kontent manbalari. Kontent manbai IPTV ma’lumotlar markazi
sifatida
aniqlanadi, ishlab chiquvchidan video kontentni qabul qiluvchi
(eshittirish dasturlari, filmlar, o‘yinlar va boshqalar). So‘ngra kontent
kodlanadi va foydalanuvchilarga uzatiladi yoki VoD xizmati uchun
ma’lumotlar bazasida yig‘iladi;
- IPTV xizmati bog‘lamalari. Xizmatlar bog‘lamasi
turli
formatlardagi video oqimlarni qabul qilish komponentini o‘zida ifodalaydi.
So‘ngra bu video oqimlar IP tarmoqda uzatish uchun paketlarga
inkapsulyatsiyalanadi;
- keng polosali tarmoqlar. Magistral tarmoqlar va ulanish
tarmoqlaridan iborat bo‘lgan keng polosali tarmoqlar, yuqori o‘tkazish
qobiliyati, yuqori ko‘rsatkichli xizmat ko‘rsatish sifati va taqsimlovchi
imkoniyatlar bilan xarakterlanadi.
Bunday tarmoqlarning asosiy
xususiyati, xizmatlar bog‘lamasidan foydalanuvchilar qurilmasiga IPTV
ma’lumotlar oqimini ishonchli taqsimlash uchun zarur bo‘lgan ko‘p adresli
jo‘natish (multikasting) hisoblanadi. IPTV magistral tarmoqlarda tolali
optik liniyalar, ulanish tarmoqlarida turli keng polosali - simli va simsiz
texnologiyalar qo‘llaniladi;
3.7-rasm. IPTV tizimining soddalashtirilgan arxitekturasi
263
- foydalanuvchi qurilmasi. IPTV foydalanuvchi
qurilmasi tarkibiga,
keng polosali tarmoq oxiri bilan shakllanuvchi interfeys vositasi kiradi. Bu
yyerda uy tarmog‘ini tashkil qiluvchi shlyuzlar qo‘llanilishi mumkin.
Foydalanuvchi
qurilmasidagi
IPTV
trafikni
terminallashtiruvchi
funksional blok IPTV mijozi deyiladi. Odatda bu blok TV – qo‘shimcha
ko‘rinishida qo‘llaniladi. TV-qo‘shimchaning asosiy vazifasi o‘zining
tarkibiga xizmatlar bog‘lamasi bilan ulanishni o‘rnatish, video oqimlarni
dekoderlash, foydalanuvchi tomonidan boshqarishni aks etishi va
monitorga ulanishni kiritadi.
IPTV tarmoqlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab
chiqilgan standartlarning katta to‘plami qo‘llaniladi: ITU-T, ETSI, IETF,
MPEG. TV – signalini siqish standartlari talab etilgan o‘tkazish oralig‘ini
o‘n va yuz martaga kamaytirish imkonini beradi. Raqamli eshittirish
standartlarini keng tarqalgani
yevropa standarti DVB, amerika standarti
ATSC va yaponiya standarti ISDB hisoblanadi. IPTV xizmatlarini taqdim
etuvchi tarmoq protokollarining katta soni orasida quyidagi ayrimlarini
aytamiz: transport protokollari UDP, RTP va RTCP;
signalizatsiya
protokollari SIP, H.323; mashrutizatsiya protokollari RIP, OSPF, ko‘p
adresli jo‘natish protokoli IGMP.
Dostları ilə paylaş: