Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Paketlarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarida QoS



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183
T

Paketlarni optik kommutatsiyalash tarmoqlarida QoS. 
OPSni 
ko‘pgina usullari asosida yotadigan g‘oya – ma’lumotlar o‘tishi va 
axborotni boshqarish yo‘lini ajratishdir. Bu holda, marshrutizatsiya 
funksiyalari va qayta yo‘naltirish paket sarlavhasini O/E o‘zgartirishdan 
so‘ng elektron mikrosxemani qo‘llash bilan bajariladi. Aynan shu vaqtda 
foydali yuklama shaffof holda xech qanday o‘zgartirishlarsiz, optik 
domenda kommutatsiyalanadi. Hozirgacha OPS tarmoqlarda xizmatlarni 
ajratishni ta’minlashning bir necha usullari tavsiya etilgan. Bu shu bilan 
bog‘liqki, OPS – nisbatan yangi texnologiya va o‘zini yechimida yana 
ko‘pgina muammolar kutiladi. Paketlarni kommutatsiyalashni barcha 
usullarida nizolar yuzaga kelishi mumkin, qachonki paketlarni katta soni 
chegaralangan vaqt davomida kam sonli chiquvchi zvenolar orqali 
uzatilishi mumkin bo‘lsa. Asosan, OPS tarmoqlarda QoS texnologiyalari, 
nizolar yuzaga kelganda xizmatlarni ajratishni ta’minlash maqsadida
to‘lqinli ajratish algoritmini va FDLni qo‘llaydi.


276 
Paketlarni optik kommutatsiyalashda xizmatlarni ajratish uchun 
ikkita algoritm mavjud. Bu algoritmlarni OPS tarmoqlarda QoSni 
ta’minlashni asosiy texnologiyasi sifatida ko‘rib chiqamiz. 
Eltuvchilarni taqsimlash 
(Wavelength Allocation, WA). Bu usulda 
barcha erishish mumkin bo‘lgan eltuvchilar alohida ko‘pginalarga ajraladi 
va har bir ko‘pginalar ustunlikning turli sathlari bilan bog‘lanadi, 
ustunlikning yuqoriroq sathi erishish mumkin bo‘lgan eltuvchilardan katta 
qismga ega. WA usuli xizmatlarni ajratish uchun faqat to‘lqin uzunligini 
qo‘llaydi va FDL buferlarini qo‘llamaydi.
Chegaraviy tashlashli eltuvchilarni kombinatsiyali taqsimlash 
(Combined Wavelength Allocation and Threshold Dropping, WATD). 
WA ga qo‘shimcha, bu usulda turli ustunliklar sinfi orasidagi farqni 
o‘rnatish uchun tashlab yuborish chegarasi qo‘llaniladi. Qachon FDL 
buferini to‘lishi o‘rnatilgan chegaradan oshsa, past ustunlikka ega paketlar 
tashlab yuboriladi. Bu jarayon paketning foydali yuklamasi, sarlavha to‘liq 
qayta ishlanmagungacha va paket sinflanmagunigacha ushlab turiladi, 
so‘ngra paketga eltuvchi belgilanadi. Biroq bunda kommutatsiyalash 
tezligini chegaralaydigan “paket paketdan keyin” prinsipi qo‘llaniladi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin