49
rasm). Bundan ko‘rinadiki, ichki modulyasiya mohiyat e’tibori
bilan
to‘g‘ri modulyatsiyaning bir turi hisoblanadi.
5.1-rasm. Yorug‘lik nurlanishini to‘g‘ri (a), tashqi (b) va ichki (v)
modulyatsiyalash usullari.
Optik eltuvchini to‘g‘ri modulyatsiyalash usulining ro‘yobga
chiqarilishi optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan yorug‘lik manbalari -
yorug‘lik diodi va lazer diodining muhim xususiyatlaridan
hisoblangan
etarli darajadagi tezkorlik va shu munosabat bilan ularda kechadigan fizik
jarayonlarni elektr signali yordamida samarali boshqarish imkoniyatining
mavjudligi bilan bog‘liq. Bu hol mazkur
asboblarning ish jarayonini
belgilovchi noasosiy zaryad tashuvchilar yashash vaqtining kichikligi bilan
tushuntiriladi
Chunonchi, hisoblashlarning ko‘rsatishicha, ko‘p modali
lazerlar yordamida 400 Mbit/s tezlikli impuls - kodli modulyasiyani etarli
darajada osonlik bilan amalga oshirish mumkin.
Bir modali lazer
diodlaridan foydalanish esa, uzatish tezligini
bir necha gigogerslargacha
oshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda 14 GGs va undan yuqori
tezliklarda ishlovchi lazer diodlari mavjud.
Optik modulyasiyalashning fizik asoslari
Optik eltuvchini tashqi usul bilan, ya’ni, modulyatsiyalovchi
qurilmalar yordamida modulyatsiyalash
uchun elektrooptik, akustooptik,
chegaraviy
qiymatlari
Dostları ilə paylaş: