Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183
T

Nazorat savollari 
1.
Raqamli keng polosali tarmoqlarning ekspluatasiya jarayonining asosiy 
talablari qanday? 
2.
Raqamli keng polosali tarmoqlarining texnik echimlari qanday? 
3.
ADSL 
asosida 
keng 
polosali 
tarmoqlarning 
qurilishi 
va 
ekspluatatsiyasining u’ziga hosligi qanday? 
4.
VDSL texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlarning ekspluatasiyasini 
tushundiring. 
5.
Optik keng polosali kirish tarmoqlarini texnik ekspluatatsiyasi jarayoni 
qanday? 
6.
Optik tarmoqlarni qurishda texnika xavfsizligi qoidalari qanday? 
 
 


189 
III-BOB. MULTIMЕDIALI ALOQA TARMOQLARIGA TEXNIK 
XIZMAT KO`RSATISH 
3.1.
 
Multimediali trafikning umumiy tavsiflari 
 
Multimedia, multi – ko‘p, media — muhit deb tarjima qilinadi. 
Multimedia, turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) 
ko‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot 
tashuvchilarda mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar). 
Multimedia – texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video, 
animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy 
mahsulotlarni yaratishdan iboratdir.
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush “MEMEX” nomli 
xotirani tashkil qilish g‘oyasini taklif qilgan, bu esa multimedia 
texnologiyalarini rivojlanishining g‘oyaviy sababi bo‘ldi. “MEMEX” 
nomli xotiraning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, axborot belgilar, 
raqamlar, indekslar yoki alfabit tartibi bo‘yicha emas, balki mazmuniga 
qarab qidiriladi. “MEMEX” nomli xotira asosida gipermatn va gipermedia 
tizimlari yaratilgan.
Gipermatn - bu matnli ma’lumotlar bilan ishlash tizimi. Gipermedia - 
bu grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi 
hisoblanadi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi 
rivojlanishi multimedia yo‘nalishini kelib chiqishiga olib keldi.
80 – yillar oxirida amerikalik kompyuter mutaxassisi Bill Geyts 
“National Art Gallery of London” - “Londonning milliy san’at galereyasi” 
nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bunda multimedia dasturini 
yaratishda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn va 
gipermedia tizimlaridan foydalanilgan. 
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga 
quyidagilar kiradi:
- bitta axborot tashuvchida katta hajmli turli ma’lumotlarni saqlash 
imkoniyati (20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan ham ko‘p yuqori 
sifatli tasvirlar, 30–45 minutli video yozuvlar, 7 soatga teng tovush 
ma’lumotlari);
-
ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish 
imkoniyati (“lupa” rejimi). Tasvirning sifatini saqlab qolgan holda 20 
marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar 
va san’at asarlarini taqdimot qilganda foydalanish mumkin;


190 
-
tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy vositalar yordamida ularni 
qayta ishlash;
-
matnlar yoki turli ko‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni 
belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bo‘lish 
(gipermedia va gipermatn texnologiyasi); 
-
Internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyati. 
Uzatish nuqtai nazaridan multimedia haqiqiy vaqtda uzatiladigan 
(Real Time–RT) yoki haqiqiy vaqtda uzatilmaydigan (Non Real Time–
NRT) sinflarga bo‘linishi mumkin. Birinchi turdagi multimedia (RT), 
paketlarni kechikishiga cheklashlarni talab etadi, xuddi shu vaqtda 
multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday 
cheklashlarni talab etmaydi, lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo 
bo‘lmasligi uchun qat’iy cheklashlarga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish 
uchun ikkita asosiy yondashushlar mavjud. Birinchi yondashish, yo‘qolgan 
yoki shikastlangan paketlarni uzatishda avtomatik takrorlashga (Automatic 
Retransmission reQuest – ARQ) asoslangan. Bu yondashish transport 
sathidagi TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IP protokoli 
stekida qo‘llaniladi. NRT-axborotni xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi 
ilova, odatda aynan shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), paketlarni 
qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilash imkonini beruvchi 
ortiqcha axborotlar uzatiladi. Bunday yondashuv TCP/IP protokolining shu 
stekida transport sathining boshqa protokoli UDP (User Datagram 
Protocol) da qo‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashuvchi, 
xatoliklarga yo‘l qo‘yuvchi (RT kabi NRT da ham) ilova, odatda 
paketlarni takroran uzatishda vaqt yo‘qotishlarini oldini olish uchun UDP 
ni qo‘llaydi.
RT - multimediali ma’lumotlarni diskret yoki uzluksiz oqim bilan 
uzatilishiga bog‘liq ravishda diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz 
(Continuous media – CM) multimediaga bo‘linadi. O‘z navbatida SM 
xatoliklarga ruxsat beradigan va xatoliklarga ruxsat bermaydigan turlarga 
bo‘linishi mumkin. Birinchi turdagi RT-multimediaga misol qilib ovozli 
va videokonferensiyalarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan ovozli va video 
oqimlarni olish mumkin. Ikkinchi turdagi RT-multimediaga misol qilib esa 
olisdagi kompyutyerda ishga tushirilgan ilovani tushunish mumkin.
Quyidagi 
bo‘limlarda 
multimedianing 
turlari 
va 
ularning 
xarakteristikalari, o‘tkazish qobiliyati, ruxsat etiladigan xatoliklar va real 
vaqt rejimining o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan. 


191 
Matn
boshqa multimedia turlaridan eng ommaviysi hisoblanadi. U 
Internet tarmog‘ida turli shakllar, shu jumladan turli uzatish protokollarini 
FTP (File Transfer Protocol: ikkilik va ASCII - fayllarni uzatish uchun), 
HTTP (Hyper Text Transfer Protocol: HTML - sahifalarni uzatish uchun) 
yoki SMTP (Simple Mail Transfer Protocol: pochta xabarlarini almashlash 
uchun) qo‘llaydigan fayllar yoki xabarlar orqali ifodalanadi. Matn ikkilik 
ko‘rinishda 7 - bitli US-ASCII, 8 - bitli ISO-8859, 16 - bitli Unicode yoki 
32 - bitli ISO 10646 kodlash jadvallarida, qo‘llaniladigan til va davlatga 
bog‘liq ravishda ifodalanadi. Matnli ma’lumotlar uchun o‘tkazish 
qobiliyatiga talablar asosan uning o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni 
axborotlarni siqishni turli sxemalari qo‘llanilganda jiddiy kamayishi 
mumkin (1.1-jadvalda).
Matnni uzatishda ruxsat etiladigan xatoliklar darajasiga talablar 
asosan qo‘llaniladigan ilovalarga bog‘liq bo‘ladi. Matnli fayllarni 
uzatadigan ilovalar xatoliklar to‘liq bo‘lmasligini talab qiladi va TCP 
protokolini qo‘llaydi. Boshqa ilovalar xatolikli ma’lumotlarni qandaydir 
foiziga ruxsat etishi mumkin va UDP protokolini qo‘llaydi. 
1.1-jadval 
Matnni siqish usullari 
Siqish usuli 
Izohlar 
Shennon-
Fano kodlashi

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin