Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183
T

 
Multimediali trafik. 
Multimediali trafik deganda insonning sezgi 
organlari qabul qilib oladigan turli xil axborotlarni o‘z ichiga olgan 
ma’lumotlarning raqamli oqimi (odatda tovushli va/yoki video axborot) 
tushuniladi. Ma’lumotlarning multimediali oqimlari uzoqlashtirilgan 
interaktiv xizmatlarni taqdim etish maqsadida telekommunikatsiya 
tarmoqlari bo‘yicha uzatiladi. Tarmoq foydalanuvchilariga taqdim 
etiladigan multimediya xizmatlarining bugungi kunda eng ko‘p 
tarqalganlari videotelefoniya, multimediali ma’lumotlarni yuqori tezlikda 
uzatish hisoblanadi. 
Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediali 
trafikning ikkita asosiy turi ajratiladi: 
1.
Foydalanuvchilar o‘rtasida haqiqiy vaqt miqyosida axborotni 
uzatish uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan haqiqiy vaqt 
trafigi. 
2.
Zamonaviy 
telekommunikatsiya 
tarmog‘ining 
an’anaviy 
taqsimlangan xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar trafigi, 
jumladan, elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlar 
bazasiga uzoqlashtirilgan kirish va boshqalar. 
Haqiqiy vaqt trafigini qo‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: IP-telefoniya, yuqori sifatli 
tovush, videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy 
xizmat ko‘rsatish (diagnostika, monitoring, maslahat), videomonitoring, 
keng eshittirishli video, raqamli televideniya, radio va televizion 
dasturlarni olib ko‘rsatish. 
IP-telefoniya. 
Mazkur xizmat tarmoqning ikki abonenti o‘rtasidagi 
tovush trafigini (nutqni) uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol 
(Internet Protocol)dan foydalaniladi. “IP-telefoniya” xizmatini tashkil etish 
uchun mahalliy, korporativ, global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘idan 
foydalanish mumkin. Umumiy foydalanishda qo‘llaniladigan maxsus 
shlyuzlar yordamida telefon tarmoqlari abonentlari va ma’lumotlar uzatish 
tarmoqlari abonentlari o‘rtasida IP-telefoniya aloqasi ta’minlanadi. 


200 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin