Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Tarmoq bo‘ylab multimedili ilovalarni uzatishga bo‘lgan talablar



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183
T

Tarmoq bo‘ylab multimedili ilovalarni uzatishga bo‘lgan talablar. 
Bu bo‘limda biz taqsimlangan multimediali ilovalarni uzatish tarmog‘iga 
qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqamiz. Ular ikki toifaga bo‘linishi 
mumkin: trafikka bo‘lgan talablar va funksional talablar. Trafikka bo‘lgan 
talablar real vaqt talablarini (kechikish va nostabillik, o‘tkazish qobiliyati 
va ishonchlilik), funksional talablar esa multimedia xizmatlarini (mul-
tikasting, xavfsizlik, mobillik va seanslarni boshqarish) qo‘llashni o‘z 
ichiga oladi. 
Trafikka bo‘lgan talablarni faqat Internetning bazaviy arxitekturasini 
kengaytirish bilan qoniqtirish mumkin, shu bilan bir vaqtda funksional 
talablarni TCP/IP protokollar stekiga yangi protokollarni kiritilishi bilan 
bajarish mumkin. Funksional talablar shu ma’noda absolyut zarur 
hisoblanmaydi, ya’ni taqsimlangan multimediali ilovalar ilovaning o‘ziga 
zarur bo‘lgan funksiyalarni kiritilishi bilan yuqori unumdorlikda ishlashi 
mumkin. 
 
Real vaqt xarakteristikalari. 
Yuqoridagi bo‘limlarda ko‘rib 
chiqilganidek, tovush va video kabi multimedia komponentlari real vaqt 
rejimida 
uzatish 
bo‘yicha 
talablarni 
qo‘yadi. 
Masalan, 
ular 
raqamlashtirilgan tezlikda qayta ishlanishi kerak. Uzatishdagi istalgan 
kechikishda bu birdaniga aniqlanadi. Internet-telefoniyada inson 200 ms 
dan ortiq bo‘lmagan kechikishlarga xotirjam munosabatda bo‘lishi 
mumkn. Shunday qilib, real vaqtda multimediani uzatish paketlarning 
kechikishi va ularnig kelish intervallariga qat’iy talablarni qo‘yadi. 
Yuqori o‘tkazish qobiliyatiga bo‘lgan talablar.
Ravshanki, 
multimediali ilovalar ilgari keng tarqalgan matnli ilovalarga qaraganda 
tarmoqlarning sezilarli yuqori o‘tkazish qobiliyatini talab qiladi. Shu bilan 


196 
birga, multimediali oqimlar tarmoqning o‘ta yuklanishini nazorat qilish 
mexanizmiga ega bo‘lmagan UDP protokolidan foydalanish bilan 
uzatiladi.
1.5-jadval 
Multimediani turli elementlari uchun o‘tkazish qobiliyatiga 
bo‘lgan talablar

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin