56
Akustooptik modulyatorlar etarli darajada oddiy va ishonchli
qurilmalardan
hisoblanadi.
Shunga
qaramasdan
ular
muayyan
kamchiliklarga ham egalar. Bu kamchiliklar quyidagilardan iborat:
- uzatish funksiyasining nochiziqligi;
- modulyasiya chuqurligining
modulyasiya chastotasining
ortishi bilan kamayishi. Bu hol ulardan yuqori tezlikli modulyasiyalash
sxemalarida foydalanishni chegaralaydi;
-
modulyasiyalangan
lazer
nurlanishi
chastotasining
modulyasiyalovchi akustik chastota
kattaligi qadar siljishi;
-
difraksiyalangan
va
tushuvchi
yorug‘lik
tutamlari
intensivliklarining
nisbati
bilan
aniqlanadigan
difraksiya
samaradorligining unchalik katta emasligi (bu samaradorlikni akustik
signal quvvatini oshirish hisobigi ta’minlash mumkin).
Magnitooptik modulyatorlar
Modulyatorlarni tayyorlash uchun magnitooptik moddalardan,
masalan, ferritgranat yoki uch bromli
xromlardan ham foydalapnish
mumkin.
Magnitooptik modulyatorlarning ish prinsipi Faradey effektidan
foydalanishga asoslangan. Bu effektning mohiyati yorug‘lik nurlanishi
magnit maydoniga joylashtirilgan aktiv muhit bo‘yicha
tarqalishi
jarayonida uning qutblanish tekisligi buriladi. Tahlillagich qutblanish
yo‘nalishi
o‘zgarishlarining amplituda o‘zgarishlariga aylanishini
ta’minlaydi.
5.4-rasm. Magnitooptik modulyatorning tuzilish sxemasi: 1 –aktiv muhit
(magnitooptik modda); 2 – induksiyalovchi g‘altak; 3 – qutblagich; 4 –
tahlillagich (analizator).
57
Biroq magnitooptik modulyatorlarning
tezkorligi elektrooptik
modulyatorlarga nisbatan ancha past. Ularning chegaraviy chastotasi 104
Gs dan oshmaydi. Bundan tashqari, magnitooptik modulyatorlarni
boshqarish uchun katta kuchlanganlikka ega bo‘lgan magnit maydoni talab
etiladi. Modulyasiya chuqurligining kamligi
va optik nurlanishning
magnitooptik
moddalardagi
kuchli
yutilishi
ham
magnitooptik
modulyatorlarning qo‘llanishini cheklovchi omillardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: