69
Mis simli abonent kirish tarmoqlarining
quyidagi kamchiliklarini
ko‘rsatish mumkin:
- abonent kirish tarmoqlarida axborot almashinish ishonchliligi va
sifati ko‘rsatgichlarining pastligi o‘ziga xosdir;
- abonent kirish tarmoqlarining foydali ish koeffitsienti juda kamligi
(o‘tkazilayotgan trafik intensivligi) texnik vositalardan foydalanish
samarasining pastligiga olib keladi.
Mis simli abonent kirish tarmoqlarining yuqorida ko‘rilgan
kamchiliklari, ulardan foydalanishdagi muammolarni xal etish uchun
abonent kirish tarmoqlarini modernizatsiyalash zaruratini tug‘dirdi.
Keyingi yillarda infokommunikatsion
tizimning xech bir elementi
abonent kirish tarmog‘i kabi sezilarli o‘zgarishlarga duchor bo‘lmadi.
Abonent
liniyalarini
modernizatsiyalash,
o‘tkazish
polosasini
kengaytirishning eng optimal usuli – xamma fizik zanjirlarni optik tolali
kabellarga almashtirishdir. Bu abonent kirish tarmog‘idagi muammolarni
hal etish imkonini beradi hamda abonent liniyalarining uzoq muddatli
evolyusiyasini ta’minlaydi.
Keng polosali optik kirish tarmoqlarini
tuzishda FTTx va PON optik
texnologiyalari qo‘llanilmoqda.
FTTx texnologiyasining asosiy prinsiplari
8.3-rasm. FTTx texnologiyasining umumiy arxitekturasi
70
Abonent liniyalarini optiklashtirish juda katta o‘tkazish oralig‘ini
ta’minlaydi va nafaqat barcha telekommunikatsiya xizmatlarini, balki
televidenie, ma’lumotlar uzatish, multimedia dasturlarini uzatish
imkoniyatini beradi. Narx ko‘rsatkichlari ham anchagina yaxshi – optik
kabellar narxi kundan-kunga pasayib bormoqda. Optik abonent liniyalari
amaliy jihatdan xizmat ko‘rsatishga muhtoj emas va etarli darajada ko‘p
ishlaydi.
Abonent optik kirish tarmoqlari FTTx (Fiber Transport To…, ya’ni
optik transport tarmog‘i... gacha) degan nom olib yangi avlod tarmoqlarini
qurishda keng qo‘llanilmoqda. FTTx ning umumiy arxitekturasi 9.3-
rasmda keltirilgan.
FTTx tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlardan iborat:
FTTSab (Fiber To The Cabinet) – taqsimlash jovonigacha optik
kabel yotqizish;
FTTS (Fiber To The Curb) – taqsimlash
qutisigacha optik kabel
yotqizish;
FTTN (Fiber To The Home) – uygacha optik kabel yotqizish;
FTTV (Fiber To The Building) – binogacha optik kabel yotqizish;
FTTP (Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik kabel
yotqizish;
FTTO (Fiber To The Office) – ofisgacha optik kabel yotqizish;
FTTU (Fiber To The User) – foydalanuvchi terminaligacha (OK)
yotqizish [3].
9.4-rasmda FTTx konsepsiyasini amalga oshiruvchi asosiy variantlar
keltirilgan.
FTTx texnologiyalarini xususiyatlari:
9.4-rasmda ko‘rsatilgandek, abonent kirish istalgan usulining asosini
OLT (Optical Line Terminal) tarmoq optik tugallanish va ONT (Optical
Network
Terminal)
abonent
tuguni
terminal
optik
tugallanish
elementlarining o‘zaro ulanishi yotadi. Abonent liniyasi uchastkasida ONT
ni joylashuviga bog‘liq holda FTTx texnologiyalari farqlanadi.
71
FTTN:
-
optik kabelning ko‘p sarflanishi
qimmat va optik tolani
abonentgacha (yangi) tortish kerak;
-
oraliqlarda
aktiv
qurilma
ishlatilmasligi
sarf
xarajatlarni
kamaytiradi;
-
yuqori o‘tkazish polosasi ega;
-
turli multiservisli xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini beradi;
-
yuqori uzatish sifatini, to‘liq optik tarmoqlarga o‘tish imkonini
yaratadi.
8.4-rasm. FTTx texnologiyasini amalga oshirish variantlari.
FTTB:
- optik tola / kabel ko‘p sarflanmaydi;
- mavjud bo‘lgan abonent o‘tkazgichidan foydalanish mumkin;
72
- o‘tkazish polosasi bo‘yicha chegaralangan;
- oraliqlarda aktiv qurilma ishlatilishiqo‘shimcha
sarf xarajatlarga
olib keladi.
FTTS:
- nisbatan arzon;
- o‘tkazish qobiliyati chegaralangan.
Dostları ilə paylaş: