Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/183
tarix04.08.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#138604
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183
T

Kalendar prinsipi
, TXK bo‘yicha tadbirlar, rad etgunga qadar 
ishlashga bog‘liq bo‘lmagan holda, ma’lum bir vaqt (kun, hafta, oy, 
kvartal, yarim yil, yil) davomida belgilanadi. Bu prinsipda o‘tkaziladigan 
tadbirlar profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish (PTXK) deyiladi va TXK 
ning profilaktik usuliga mos keladi.











í
òõê
òõê
t
nj
òè
Ò
Ò
T
Ò
T
Ò
K









0
0
0
2
/
exp
1
/
exp
1


99 
2.
Vaqt prinsipi
, vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda TEOni NTXda 
belgilangan vaqtgacha rad etmasdan ishlashiga erishilgandan so‘ng, TXK 
bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu prinsipda o‘tkaziladigan TXK ishlari 
reglamentli deyiladi va odatda rad etish eskirishlar (lazer diodlari, 
ko‘chkili fotodiod, optik kuchaytirgichlar va boshqalar) sababli hosil 
bo‘ladigan TEO uchun qo‘llaniladi. 
3.
Aralash prinsip
, ishlarning ma’lum bir qismi belgilangan 
kalendar muddatlarda, qolgan qismi esa rad etguncha ishlashiga bog‘liq 
holda bajariladi. Bunday TXK ba’zan reglament – profilaktik ishlar 
deyiladi. 
Nazorat qurilmalari bilan to‘liq ta’minlanganligi bois, zamonaviy 
raqamli TOAT da TXKning nazorat – to‘g‘rilash usuli keng qo‘llaniladi. 
Bu usulda TEOning holati tizimli nazorat qilinadi va o‘rnatilgan sifat 
ko‘rsatkichlari va TEO ishining samaradorligi yomonlashgan holda qayta-
tiklash – to‘g‘rilash ishlari bajariladi. Ba’zan bunday TXK to‘g‘rilovchi 
texnik xizmat ko‘rsatish (TTXK) deyiladi. TTXK TEO ishga 
noqobiliyatliligi aniqlangach bajariladi va TEOning sifat parametrlari 
o‘rnatilgan doiralarda bo‘ladigan holatga qayta tiklash uchun 
yo‘naltirilgan. 
TOAT 
va 
tarmoqlarining 
rivojlanishi, 
qurilmalarining 
raqamlashtirilishi, 
ularning 
ekspluatatsiya 
amaliyotiga 
axborot 
texnologiyalarining kiritilishi operativ - texnik boshqarish tizimi (OTBT) 
va operativ - texnik xizmat ko‘rsatish tizimi (OTXKT)larini yagona 
avtomatlashtirilgan texnik ekspluatatsiya tizimi (ATET)ga birlashtirdi. 
So‘ng avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil etilishiga olib keldi, u 
yagona majmua sifatida tarmoqni boshqarish va rivojlantirishning barcha 
masalalarini hal etadi, boshqa tarmoqlarning operatorlari bilan o‘zaro 
faoliyatda bo‘ladi va aloqa xizmatlarini taqdim etadi. TTXKning umumiy 
sxemasi 10.4 – rasmda keltirilgan.
Umumiy foydalanish tarmoqlarida, bu tarmoqlarning mos keluvchi 
operatorlari tomonidan shaharlararo tarmoqlarning (SHT) va xududiy, 
regional tarmoqlarning (RT) TE tizimi tashkil etiladi. TE tadbirlarida ular 
bir biri bilan o‘zaro avtomatlashtirilgan bog‘liqlikda bo‘ladi. 
TE jarayonida SHT va RTning TE tizimlari dasturiy – texnik majmua 
(DTM) bilan jihozlanadi. Boshqa tarmoqlarning TE tizimlari bilan o‘zaro 
bog‘liqlikda bo‘lish xizmat telefon aloqa kanallarini va ma’lumotlarni 
uzatishning axborot tarmoqlarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. 


100 
9.4 – rasm. To‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatishning umumiy sxemasi 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin