138
3.2-jadval
CWDM (zich
bo‘lmagan SZ)
DWDM (zich
SZ)
HDWDM
(yuqori
zichlikdagi SZ)
Kanallar
orasidagi
masofa
20, 25 nm
1,6 nm
200, 100, 50
GGs
0,4 nm
25, 12, 5 GGs
Diapazon
O, E, S, C, L
S, C, L
C, L
Kanallar soni maksimum 18 ta
o‘nlab/yuzlab
o‘nlab
Narxi
Past
Yuqori
yuqori
bu yyerda:
O – birlamchi diapazon (Original, 1260-1360 nm),
E – kengaytirilgan diapazon (Extended, 1360-1460 nm),
S – qisqa to‘lqinli diapazon (Short wavelength, 1460-1530 nm),
S – standart diapazon (Conventional, 1530-1570 nm),
L – uzun to‘lqinli diapazon (Long wavelength, 1570-1625 nm).
CWDM texnologiyasi kanallar orasidagi intervalning yetarlicha
kattaligi bilan tavsiflanadi. (20 nm yoki 25 nm), bu esa, unga boshqa
WDM texnologiyalarga nisbatan keng chastotalar sohasiga ega bo‘lishini
ta’minlaydi. Bu optik aloqa tizimlari uchun bir nechta standart chastotalar
diapazoni (“shaffoflik oynasi”) ga ega bo‘lish imkonini beradi. CWDM
tizimlarida 18 tagacha kanal tashkil qilish va ko‘p modali hamda bir
modali tolalardan foydalanish mumkin.
Shunga qaramasdan CWDM tizimlarida ikkita muammo mavjud:
Ancha kichiq bo‘lgan to‘lqin uzunliklarida
deyarli ikki marotaba
ko‘p yo‘qotish mavjud, bu esa uzatish masofasini sezilarli darajada
kamaytiradi;
Tolada gidroksil ON guruhining mavjudligi sababli 1383 nm to‘lqin
uzunligida yutilish pikiga egaligi sababli kanallar soni bo‘yicha
cheklanishlar mavjud.
CWDM tizimlarida bitta kanal bo‘yicha uzatish tezligi 2,5 Gbit/s
bo‘lganda 16 kanal bo‘yicha 40 Gbit/s tezlik ta’minlanadi. Agar tizim
1270-1610 nm bo‘lganda to‘lqin diapazonidan foydalansa, uni FS-CWDM
tizim (Full-spectrum CWDM) deyiladi. Hozirgi vaqtda CWDM
texnologiyasi uzoqlik parametri bo‘yicha
DWDM texnologiyaga
qo‘yiladigan talabalarni bajarilishini ta’minlashi mumkin.
139
CWDM qurilmasi uzatiladigan axborotning ixtiyoriy turi va ixtiyoriy
tezligi uchun shaffof hisoblanadi hamda magistral tarmoq va ulanish
tarmog‘i orasida bo‘g‘in bo‘lishi mumkin. CWDM texnologiyasi axborotni
uzatishning turli protokollariga invariantdir (bog‘liq emas). Bu esa yagona
transport muhitida turli telekommunikatsiya xizmatlarining yaratilish
imkoniyatini ta’minlaydi.
CWDM tizimlarida kanallararo chastotaviy
masofaning uzoqligi
DWDM tizimlarga nisbatan aktiv va passiv komponentlar narxining
sezilarli darajada arzon bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Uzatish tizimining
mukammalligiga ko‘ra CWDM texnologiyasi turli tarmoq topologiyasini
konstruksiyalash imkoniyatini beradi.
Ulardan ko‘proq qo‘llaniladiganlarini qarab chiqamiz:
“nuqta-nuqta” topologiyasi. Axborot kanallar bo‘yicha
ikkita nuqta
orasida uzatiladi. Turli tolalardagi oqimlarning birlashish/ajrashishi ro‘y
beradigan tugunlarida multipleksor/demultipleksorlar o‘rnatiladi. Bundan
tizimlar yordamida ko‘p sonli video va audio ma’lumotlarni vaqtning real
masshtabida optik tarmoqda tolalarning cheklangan holida ham uzatish
masalalarini yechish mumkin;
tarmoqlanuvchi topologiya. Axborotni tugundan tugunga uzatish
alohida kanallarning kiritish/chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan
oraliq tugunlar
orqali amalga oshadi. Oraliq tugunlardagi yo‘qotishlar hisobiga aloqa
uzoqligi biroz kamayadi. Bunday tizim transport magistrallarida, neftgaz
uzatmalarida
va
boshqa
davomli
obyektlarda
videokuzatuvlarda
qo‘llaniladi;
“xalqa” topologiyasi. Bunday topologiya parametrni qo‘riqlash
masalasini hal qiladi. “Xalqa” uzilgan holda ham tarmoq ixtiyoriy tugunlar
orasida axborotni uzatish qobiliyatini saqlab qoladi.
2002-yilda xalqaro elektr aloqa ittifoqi CWDM tizimi uchun eltuvchi
chastotani aniqlovchi standartni qabul qildi – ITU-T G.694.2 tavsiyasi.
Ushbu tavsiyaga ko‘ra C, S va L ma’lum diapazonlardan tashqari CWDM
tizimlarida ikkita yangi to‘lqin uzunlikdagi diapazon paydo bo‘ladi –
diapazon O (1260-1360 nm) va diapazon ye (1360-1460 nm).
CWDM tizimlari nisbatan kam sonli optik kanallarni (16-18)
ta’minlaydi, lekin bu – kamchilik
deb hisoblanmasligi kerak, chunki,
kanallarning bunday sonda bo‘lishi, odatda, aloqa operatorlarining
o‘tkazish sohasidagi zamonaviy talablaridan ustundir. CWDM
tizimlaridagi qo‘shni kanallarining to‘lqinlari orasidagi masofaning
nisbatan katta bo‘lishi kirish/chiqishli optik multipleksorlarni (OADM –
Optikal ADD-Drop Multiplezor) va optik krosskommutatorlar (OXC-
140
Optikal cross connector) uchun arzon kommutatsiyalash elementlarining
yaratilishiga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: