189
III-BOB. MULTIMЕDIALI ALOQA TARMOQLARIGA TEXNIK
XIZMAT KO`RSATISH
3.1.
Multimediali trafikning umumiy tavsiflari
Multimedia, multi – ko‘p, media — muhit deb tarjima qilinadi.
Multimedia, turli (matn, grafika, rasm, tovush,
animatsiya, video)
ko‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot
tashuvchilarda mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar).
Multimedia – texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video,
animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy
mahsulotlarni yaratishdan iboratdir.
1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush “MEMEX” nomli
xotirani tashkil qilish g‘oyasini taklif qilgan, bu esa multimedia
texnologiyalarini rivojlanishining g‘oyaviy sababi bo‘ldi. “MEMEX”
nomli xotiraning asosiy g‘oyasi
shundan iboratki, axborot belgilar,
raqamlar, indekslar yoki alfabit tartibi bo‘yicha emas, balki mazmuniga
qarab qidiriladi. “MEMEX” nomli xotira asosida gipermatn va gipermedia
tizimlari yaratilgan.
Gipermatn - bu matnli ma’lumotlar bilan ishlash tizimi. Gipermedia -
bu grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi
hisoblanadi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi
rivojlanishi multimedia yo‘nalishini kelib chiqishiga olib keldi.
80 – yillar oxirida amerikalik kompyuter mutaxassisi Bill Geyts
“National Art Gallery of London” - “Londonning milliy san’at galereyasi”
nomli dasturiy mahsulotni yaratgan.
Bunda multimedia dasturini
yaratishda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn va
gipermedia tizimlaridan foydalanilgan.
Multimedia texnologiyalarining asosiy afzalliklari va xususiyatlariga
quyidagilar kiradi:
- bitta axborot tashuvchida katta hajmli turli ma’lumotlarni saqlash
imkoniyati (20 ta tomga yaqin matnlar, 2000 va undan ham ko‘p yuqori
sifatli
tasvirlar, 30–45 minutli video yozuvlar, 7 soatga teng tovush
ma’lumotlari);
-
ekranda tasvirni yoki uning ayrim fragmentlarini kattalashtirish
imkoniyati (“lupa” rejimi). Tasvirning sifatini saqlab qolgan holda 20
marotabagacha kattalashtirish mumkin. Bu imkoniyatdan tarixiy xujjatlar
va san’at asarlarini taqdimot qilganda foydalanish mumkin;
190
-
tasvirlarni taqqoslash va turli dasturiy
vositalar yordamida ularni
qayta ishlash;
-
matnlar yoki turli ko‘rgazmali materiallarda kerakli joylarni
belgilash va ular yordamida boshqa tushuntiruvchi ma’lumotga ega bo‘lish
(gipermedia va gipermatn texnologiyasi);
-
Internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyati.
Uzatish nuqtai nazaridan multimedia haqiqiy vaqtda uzatiladigan
(Real Time–RT) yoki haqiqiy vaqtda uzatilmaydigan (Non Real Time–
NRT) sinflarga bo‘linishi mumkin. Birinchi turdagi multimedia (RT),
paketlarni kechikishiga cheklashlarni talab etadi, xuddi shu vaqtda
multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday
cheklashlarni
talab etmaydi, lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo
bo‘lmasligi uchun qat’iy cheklashlarga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish
uchun ikkita asosiy yondashushlar mavjud. Birinchi yondashish, yo‘qolgan
yoki shikastlangan paketlarni uzatishda avtomatik takrorlashga (Automatic
Retransmission reQuest – ARQ) asoslangan. Bu yondashish transport
sathidagi TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IP protokoli
stekida qo‘llaniladi. NRT-axborotni xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi
ilova, odatda aynan shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), paketlarni
qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilash imkonini beruvchi
ortiqcha axborotlar uzatiladi. Bunday yondashuv TCP/IP protokolining shu
stekida transport sathining boshqa protokoli UDP (User
Datagram
Protocol) da qo‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashuvchi,
xatoliklarga yo‘l qo‘yuvchi (RT kabi NRT da ham) ilova, odatda
paketlarni takroran uzatishda vaqt yo‘qotishlarini oldini olish uchun UDP
ni qo‘llaydi.
RT - multimediali ma’lumotlarni diskret yoki uzluksiz oqim bilan
uzatilishiga bog‘liq ravishda diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz
(Continuous media – CM) multimediaga bo‘linadi. O‘z navbatida SM
xatoliklarga ruxsat beradigan va xatoliklarga
ruxsat bermaydigan turlarga
bo‘linishi mumkin. Birinchi turdagi RT-multimediaga misol qilib ovozli
va videokonferensiyalarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan ovozli va video
oqimlarni olish mumkin. Ikkinchi turdagi RT-multimediaga misol qilib esa
olisdagi kompyutyerda ishga tushirilgan ilovani tushunish mumkin.
Quyidagi
bo‘limlarda
multimedianing
turlari
va
ularning
xarakteristikalari, o‘tkazish qobiliyati, ruxsat etiladigan xatoliklar va real
vaqt rejimining o‘ziga xos xususiyatlari keltirilgan.
191
Matn
boshqa multimedia turlaridan eng ommaviysi hisoblanadi. U
Internet tarmog‘ida turli shakllar, shu jumladan turli uzatish protokollarini
FTP (File Transfer Protocol: ikkilik va ASCII - fayllarni uzatish uchun),
HTTP (Hyper Text Transfer Protocol: HTML - sahifalarni uzatish uchun)
yoki SMTP (Simple Mail Transfer Protocol: pochta xabarlarini almashlash
uchun) qo‘llaydigan fayllar yoki xabarlar orqali ifodalanadi. Matn ikkilik
ko‘rinishda 7 - bitli US-ASCII, 8 - bitli ISO-8859, 16 - bitli Unicode yoki
32 - bitli ISO 10646
kodlash jadvallarida, qo‘llaniladigan til va davlatga
bog‘liq ravishda ifodalanadi. Matnli ma’lumotlar uchun o‘tkazish
qobiliyatiga talablar asosan uning o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni
axborotlarni siqishni turli sxemalari qo‘llanilganda jiddiy kamayishi
mumkin (1.1-jadvalda).
Matnni uzatishda ruxsat etiladigan xatoliklar darajasiga talablar
asosan qo‘llaniladigan ilovalarga bog‘liq bo‘ladi. Matnli fayllarni
uzatadigan ilovalar xatoliklar to‘liq bo‘lmasligini talab qiladi va TCP
protokolini qo‘llaydi. Boshqa ilovalar xatolikli ma’lumotlarni
qandaydir
foiziga ruxsat etishi mumkin va UDP protokolini qo‘llaydi.
1.1-jadval
Matnni siqish usullari
Siqish usuli
Izohlar
Shennon-
Fano kodlashi
Dostları ilə paylaş: