192
paketlar oqimi sifatida uzatiladi. Tarmoqning o‘tkazish qobiliyatiga
talablar tovushning tavsifiga bog‘liq. Masalan, telefon bo‘yicha tovush 12
dan 8 bitgacha axborotlarni yo‘qotishli siqiladi. Bu uzatish tezligini 96 dan
64 Kbit/s gacha kamaytiradi. 1.2-jadvalda tovush
fayllari uchun siqishni
ayrim sxemalari ko‘rsatilgan.
Tovushli ma’lumotlar uzatish jarayonidagi xatoliklarni bo‘lishiga
qat’iy talablarni qo‘ymaydi. 1...2 % paketlarning yo‘qotilishi uning
sifatiga deyarli ta’sir qilmaydi. Bugungi
kunda tovushni uzatishda
qo‘llaniladigan ko‘plab multimediali ilovalar, yo‘qotilgan
paketlarni
takroran kiritish mexanizmiga ega.
Tovush uchun real vaqt talablari qatnashuvchi tomonlarning
kutiladigan interaktivlik darajasi bilan qat’iy bog‘langan. Ikki tomonlama
o‘zaro ta’sirlashishni ko‘zda tutadigan Internet-telefoniya
kabi ayrim
ilovalar yuqori interaktivlik darajasiga va qisqa chaqiriq vaqtlariga ega. Bu
holda ma’qul tovush sifatini ta’minlash uchun paketlarning kechikishiga
qat’iy talablar qo‘yiladi. Bunday multimedia turini qo‘llaydigan
ilovalar
haqiqiy vaqt rejimiga bog‘liq (Real-Time Intolerant - RTI) ilovalar
deyiladi. Ko‘plab RTI - ilovalarda 200 ms dan ortiq bo‘lmagan
kechikishga ruxsat etiladi.
1.2-jadval
Tovushni
siqish usullari
Tovush kodeki
Qo‘llanilishi
Tezligi
(Kbit/s)
Impuls kodli modulyatsiya
(G.711)
Dostları ilə paylaş: