217
-
talab etilgan o‘tkazish oralig‘i;
-
ulanish uchastkalarida so‘nishning kichikligi;
-
nurlanish manbalari va qabul qilgichlar bilan oddiy ulanish;
-
turli haroratlarda
ishlashi;
-
namlikka, bosimga va tebranishlarga chidamlilik.
2.7-rasm. Optik tolalarning tuzilish namunasi
Optik kabellar ulanish tarmoqlarida qo‘llanilishiga qarab obyekt,
taqsimlagich va magistral turlarga ajraladi. Obyektlarda qo‘llaniladigan
optik kabellar (abonent liniyasi) 1-2 tolali ko‘rinishda tayyorlanadi (2.9-
rasm).
2.8-rasm. Obyektda qo‘llaniladigan kabellarning tuzilish namunasi
Magistral va taqsimlagich liniyalar uchun modulli, lentali va
profillashtirilgan tuzilishli kabellar qo‘llanilishi mumkin. Tolani erkin
yotqazish mexanik va termik ta’sirlarni
kompensatsiyalash imkonini
beradi. Bu tolalarning tuzilishi 2.10-rasmda keltirilgan
218
2.9-rasm. Optik kabellarning tuzilishi:
a) tolali taqsimlovchi optik kabel;
b) 20 ta tolali taqsimlovchi optik kabel;
v) profil o‘zakli 12 ta tolali optik kabel
Sinxron raqamli ierarxiya.
Hozirgi
kunda telekommunikatsiya
tarmoqlarida pleziaxron raqamli ierarxiya (PDH) va sinxron raqamli
ierarxiyaning (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) multipleksorlash
qurilmalari qo‘llanilmoqda. Birinchi bo‘lib mahalliy birlamchi tarmoqning
raqamli uzatish tizimlari (RUT) yaratildi: IKM-30 va uning turlari.
So‘ngra shahar va hududiy tarmoqlarda qo‘llaniladigan PDH-RUT IKM-
120, IKM-480, shuningdek tolali optik uzatish tizimlari ishlab chiqildi va
qo‘llanildi. PDHda multipleksorlashni kamchiliklaridan
biri raqamli
oqimlarni ajratishni murakkabligi hisoblanadi. 140 Mbit/s raqamli
oqimdan 2 Mbit/s tezlikli oqimni ajratib olish uchun u to‘liq
demultipleksorlanishi kerak (2.11-rasm). SDH tizimlarida bu masalani
bajarish oddiy.
Bu yyerda 2 Mbit/s tezlikli oqimni kiritish va chiqarish
kirish/chiqishli multipleksor (add/drop multiplexer, ADM)
yordamida
amalga oshiriladi.
219
2.10-rasm. PDH va SDH tizimlarida raqamli oqimlarni ajratish /
birlashtirish jarayonlarini qiyoslash
ITU-T tavsiyasiga asosan SDH uzatish tizimining tezligi 155.52
Mbit/s. SDH RUT telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘ylab signallarni
transportlash
uchun
mo‘ljallangan,
standartlashtirilgan
axborot
tuzilishining yig‘indisini tashkil etadi. Ulardan asosiysi N-tartibli STM-N
sinxron transport modul hisoblanadi (2.2-jadval).
2.2-jadval
STM-N ning raqamli hajmi
SDH
sathlari
1
2
3
4
5
STM turi
STM-1
STM-4
STM-16
STM-64
STM-256
B, Gbit/s
0.155
0.622
2.5
10
40
N
E1
63
252
1008
4032
16128
N
ARK
1 890
7 500
30 000
120 000
480 000
Izoh: B-uzatish tezligi; E1(N
E1
)-birlamchi raqamli oqimlar soni;
N
ARK
- asosiy raqamli kanallar soni.
220
SDH RUTning asosiy afzalligi ishonchli, boshqariluvchi transport
tarmoq hisoblanadi, ular quyidagilar hisobiga bajariladi:
-
har bir segmentni nazorat qiluvchi
segmentlashtirilgan aloqa
liniyasi;
-
qurilmalarni, qurilma bog‘lamalarini, liniyani zahiralash va liniyani
avtomatik zahira liniyaga o‘tkazish;
-
TMN boshqarish tarmog‘i yordamida transport tarmoqni qayta
tuzish imkoni.
SDHda tashkil qilinadigan liniyani zahiralashning keng tarqalgan
usullaridan biri bu tarmoqni halqali topologiyasini qo‘llash hisoblanadi
(2.12-rasm).
2.11-rasm. Bir yo‘nalishli halqa
Halqa tuzilishida axborot asosiy va zahira yo‘nalishi orqali uzatiladi.
Halqaning qaysidir uchastkasida avariya bo‘lsa, o‘sha uchastkadan aylanib
o‘tish zahira yo‘l orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. SDH – bu
zamonaviy axborot tarmog‘ining tuzilish qurilmasi –
yashovchan, yuqori
sifatli transport aloqa tarmog‘idir.
SDH quyidagilarga imkon beradi:
-
ko‘p sifatli raqamli kanallarni tashkil qiladi;
-
regeneratorlarsiz liniya traktini qurish;
-
kross-konnektorlar va kirish-chiqish multipleksorlarni qo‘llash
hisobiga oson tuzilishli va tarmoqlangan raqamli tarmoqni yaratish;
-
operativ nazorat va ulanish qurilmasi
hisobiga foydalanuvchilarga
ishonchli kanallar va traktlarni taqdim etadi, shuningdek ishonchli tarmoq
tuzilishi;
-
tarmoqni operativ boshqarishni amalga oshiradi;
-
ATM texnologiyasini qo‘llab yuqori ishlab chiqaruvchi raqamli
tarmoq qurish.