20-modda. Telekommunikatsiya tarmoqlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etish Telekommunikatsiya tarmoqlarida ro‘y bergan hodisalar (avariyalar, shikastlanishlar)
oqibatlarini bartaraf etish ushbu tarmoqlarning operatorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari operatorlarga telekommunikatsiya
tarmoqlarida ro‘y bergan hodisalar oqibatlarini bartaraf etishda ko‘maklashadilar.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida ro‘y bergan hodisalarning oqibatlarini bartaraf etish
ishlarini bajarish telekommunikatsiya vositalari joylashgan yer uchastkasi, bino yoki inshoot
mulkdori (egasi, ijarachisi)ning roziligi olinishini talab etmaydi. Hodisalar oqibatlarini bartaraf
etish natijasida mulkdorga (egasiga, ijarachiga) yetkazilgan zararlar tegishli operator
tomonidan qoplanishi kerak.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan ro‘y
bergan hodisalar natijasida operatorlar va provaydyerlarga yetkazilgan zararlar ushbu
shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik k odeksining 57 bobi. 21-modda. Operatorlar va provaydyerlarning huquqlari Operatorlar va provaydyerlar quyidagi huquqlarga ega:
foydalanuvchilarga xizmatlar ko‘rsatish;
foydalanuvchilar telekommunikatsiyalardan foydalanishning belgilangan qoidalarini
buzgan taqdirda ularga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish;
yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan yuzaga kelgan zararlarni qoplattirish;
yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan qonun
hujjatlariga muvofiq shikoyat qilish.
Operatorlar va provaydyerlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
22-modda. Operatorlar va provaydyerlarning majburiyatlari Operatorlar va provaydyerlar quyidagilarga majburdir:
telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatni litsenziyadagi shartlarga va belgilangan
qoidalarga muvofiq amalga oshirish;
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati belgilangan standartlar, qoidalar va normalarga
muvofiq bo‘lishini ta’minlash;
telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari, telegraf va
boshqa xabarlar sir tutilishiga rioya qilish;
xizmatlar ko‘rsatish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan telekommunikatsiya
xizmatlari tariflarining o‘zgarganligi to‘g‘risidagi batafsil axborotni foydalanuvchilarga o‘z
vaqtida taqdim etish;
telekommunikatsiya
xizmatlari
ko‘rsatish
to‘g‘risidagi
shartnomalarning
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun, shuningdek xizmatlar
ko‘rsatmaganlik yoki lozim darajada sifatli xizmatlar ko‘rsatmaganlik oqibatida
foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.
Operatorlar va provaydyerlar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.