26-modda. Telekommunikatsiya vositalarini qo‘riqlash
Telekommunikatsiya vositalarini qo‘riqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-sonli
“Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori.
Telekommunikatsiya vositalariga
shikast yetkazilishiga, ularga ruxsatsiz ulanishga yo‘l
qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda javobgar
bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 152, 153, 154
va 156-moddalari .
27-modda. Nizolarni hal etish
Operatorlar, provaydyerlar va foydalanuvchilar o‘rtasida
yuzaga keladigan nizolar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28-modda. Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan
shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 152, 153, 154
va 156-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Jino yat kodeksining 143-moddasi .
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
822-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y ., 9-son, 219-modda; O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y ., 37-son, 408-modda; 2005-y ., 37-38-son, 279-modda; 2006-
y., 14-son, 113-modda; 2007-y ., 35-36-son, 353-modda; 2011-y ., 52-son, 557- modda; 2013-y., 1-son, 1-
modda, 18-son, 233-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y ., 03/19/542/3177-
son)