Telekommunikatsiyalar to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari



Yüklə 127,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix22.05.2023
ölçüsü127,89 Kb.
#119935
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
822 I сон 20 08 1999  Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida

23-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari
Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlaridan foydalanish;
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlariga o‘zining oxirgi (terminal)
asbob-uskunalarini qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda va tartibda ulash;
operatorlar va provaydyerlar tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq o‘z vaqtida va
sifatli xizmat ko‘rsatilishidan foydalanish;
operator va provayder shartnomada kelishilgan shartlarni buzgan taqdirda
telekommunikatsiya xizmatlarini rad etish;
telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatmaganlik yoki lozim darajada sifatli xizmat
ko‘rsatmaganlik natijasida yetkazilgan zararlarni to‘lattirish, ma’naviy ziyonni qoplatish;
o‘z huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari
mumkin.
24-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari
Foydalanuvchilar quyidagilarga majburdirlar:
telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etish;
belgilangan standartlarga muvofiq sertifikatga ega bo‘lgan oxirgi (terminal) asbob-
uskunalardan foydalanish;
o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni o‘z vaqtida to‘lash;
ish sifatini pasaytirishga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarini shikastlantirishga
qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik.
Foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
25-modda. Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘idagi imtiyozlar
va ustunliklar
Qonun hujjatlarida fuqarolarning ayrim toifalariga telekommunikatsiya xizmatlaridan
foydalanish borasida imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Fuqarolarning ayrim toifalariga telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish
borasida belgilangan imtiyozlar berilishi munosabati bilan operator va provaydyerlarning
mablag‘larini qoplash qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat organlari mansabdor shaxslarining ayrim toifalariga, xorijiy davlatlar diplomatik
va konsullik vakillariga, xalqaro tashkilotlarning vakillariga, shuningdek fuqarolarning ayrim
toifalariga telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘ida navbatda turish va
foydalanish masalasida ustunliklar belgilanishi mumkin.
Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish chog‘ida ustunliklar beriladigan
mansabdor shaxslar, tashkilotlar va fuqarolar toifalarining ro‘yxati hamda telekommunikatsiya
xizmatlarini ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.

Yüklə 127,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin