O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI “FAKULTETI “TELEKOMUNIKATSIYA INJINIRINGI”KAFEDRASI “OPTIK ALOQA TIZIMLARI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH – 3
MAVZU:Abonent optik tarmoqlari .Passiv optik aloqa tarmoq texnologiyalari va ularning xususiyatlari
Bajardi: Mavlonov M.O. Qabul qildi:Nurmurodov J.X
Samarqand_2023 Reja: 1. Keng polosali optik kirish tarmoqlari, abonent kirish optik tarmoqlarining tuzilish prinsipi va arxitekturasi.
2. Passiv optik tarmoq texnologiyalari. Passiv optik texnologiyalarining xususiyatlari. A-PON texnologiyasi , G-PON texnologiyasi. xDSL texnologiyasidan foydalangan holda aloqani tashkil qilishning strukturali sxemasi.
3. ADSL va XDSL texnologiyalari
KIRISH Telekommunikatsiya tarmoqlarini ikki darajali tarmoq sifatida ta’riflash mumkin: transport va kommutatsiyalanuvchi tarmoqlar. Ham transport , ham kommutatsiyalanuvchi tarmoqlarni iyerarxik sathlar bo‘yicha ajratish mumkin. Elektr aloqa tarmoqlarida iyerarxiyaning to‘rtta sathi ajratiladi (rasmda keltirilgan). Modelning birinchi elementi – foydalanuvchi binosidagi tarmoq (Customer Premises Equipment – CPE). Ikkinchi element – abonent kirish tarmog‘i (Access Network), u tranzit (transport) tarmoqqa chiqishni ta’minlaydi. Bu tarmoq ikkita sathga ajraladi – mahalliy (Local) va shaharlararo (Long-distanse). Zamonaviy davr jamiyatni axborotlashtirish jarayonini keskin rivojlanishga olib kelmoqda. Bu jarayon axborot-kommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin o‘sib borishi va multimediya, videokonferensiya, elektr raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti.Ma’lumki, axborot oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, axborot qabul qilish uchun yuqori darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi muhit bo‘lishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablarga mos keluvchi optik aloqa vositalari bilan raqobatlashuvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. Bundan tashqari, optik aloqa vositalari orqali katta hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni axborotlashtirish kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi hisoblanadi.Optoelektronika asosidagi optik aloqa, ya’ni to‘liq optik tarmoqlar AON (All-optical Networks) telekommunikatsiya tarmoqlarining kelajagi hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni, shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham qamrab, mijozlarning telekommunikatsiya tarmoqlariga keng polosali ulanishlarini ta’minlaydi. to‘liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bunda qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari,samadorligi va uzatish tezligi sifati bir necha marotaba ortadi. Foton texnologiyasini aloqa tizimlariga tat’biq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo‘yicha zichlashtirish tizimlari qo‘llaniladi.