Chastotalar
sintezatori
PF
Ar
QK
QR
PF
FM
OChG
ARO’
TChK
Antennaga
900 MGs
Mikrofon
Mikroprotsessor
Klaviatura
Displey
136
Nazorat savollari
1. Radiouzatishning umumiy tuzilish sxemasi qanday qismlardan tashkil
topgan?
2. Past quvvatli uzatkichning prinsipial sxemasi qanday elementlardan tashkil
topgan? Uzatkichning PCh va YuCh qismlarining ishlash prinsipini tushuntiring.
3. Uzun va o‘rta to‘lqin analog radiouzatkichining umumlashtirilgan tuzilish
sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring.
4. UQT ChM radioeshittirish uzatkichining umumiy tuzilish sxemasi qanday
qismlardan tashkil topgan? Ishlash prinsipi.
5. Mikroprotsessor orqali boshqariladigan uzatkich sxemasini tushuntiring.
6. RRL O‘YuCh qabul qilgich-uzatkichining sxemasini tushuntiring.
8. YuCh/OCh raqamli chiqishli raqamli uzatkichning tuzilish sxemasining
ishlash prinsipini tushuntiring.
9. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kvadraturali modulyatorli radiouzatkichning tuzilish
sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring.
10. Analog va raqamli mobil telefon uzatkichlarining tuzilish sxemalarini
tushuntiring.
137
9. RADIOQABUL QILISH QURILMALARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR
9.1. Radioqabul qilish qurilmalarining vazifasi va tasniflanishi
Radioqabul qilish qurilmasi istalgan xabarlarni uzatish radiotexnik tizimining
eng muhim va zarur elementlaridan biri hisoblanadi. U quyidagilarni ta’minlaydi:
−
foydali xabarni tashiydigan elektromagnit maydon energiyasini tutish;
−
foydali radiosignalning quvvatini kuchaytirish;
−
radiosignalni detektorlash;
−
signal quvvatini kuchaytirish va uni oluvchiga beriladigan xabarga
o‘zgartirish.
Qabul qilish joyida tabiiy va sun’iy kelib chiqishdagi radiohalaqitlar
manbalari hosil qiladigan tashqi elektromagnit maydonlar mavjud. Bu
elektromagnit maydonlar foydali signalni buzadi va xabarlarni qabul qilishda
xatoliklarni keltirib chiqaradi.
Radiosignallarni qabul qilish va uzatish tebranish konturiga asoslanadi.
Konturga tashqi energiya, masalan o‘zgaruvchan elektr toki orqali ta’sir qilishda
unda majburiy tebranishlar deyiladigan tebranishlar vujudga keladi. Agar signallar
chastotasi konturning tebranishlar chastotasi bilan mos tushsa, rezonans hodisasi -
tebranishlar amplitudasi eng katta qiymatiga erishadi. Bunda yetkaziladigan
tebranishning amplitudasini oshirish kerak emas, bu tebranishlarning chastotasi
konturning sozlanishi chastotasiga teng bo‘lsa bo‘ldi. Aynan bu hodisa qabul
qilgichni ma’lum chastotaga sozlash va kerakli stansiyani boshqa ko‘plab
stansiyalar ichidan ajratish imkoniyatini berdi.
138
Konturni rezonansga sozlash uchun uning chastotasini o‘zgartirish kerak.
Bunga induktivlik yoki sig‘im parametrlarini o‘zgartirish bilan erishiladi.
Texnologik jihatdan induktivlikka qaraganda sig‘imni o‘zgartirish oson, shuning
uchun asosan aynan sig‘imni o‘zgartirish qo‘llaniladi. Sig‘imni o‘zgartirishga
imkon beradigan klassik element o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator hisoblanadi
(9.1- rasm). Odatda uning yordamida kerakli chastotaga sozlanish (ya’ni
konturning rezonans chastotaga sozlanishi) amalga oshiriladi (9.2- rasm).
9.2- rasm. O‘SKning sxematik tuzilishi (chapda) va uning tashqi ko‘rinishi
(o‘ngda)
9.2- rasm. Konturning kerakli chastotani ajratishi
Avval mexanik O‘SK sozlashning yagona qurilmasi bo‘lgan, lekin radioning
rivojlanishi jarayonida qulayroq va ishonchliroq elementlar paydo bo‘ldi. Masalan,
sig‘imi boshqariladigan kuchlanishning o‘zgartirilishi bilan o‘zgaradigan varikap-
yarim o‘tkazgichli element ishlatiladi yoki ikkita plastinali an’anaviy qurilma
139
emas,
balki
o‘sha vazifalarni funksional bajaradigan integral sxema
kondensatorning elektron ekvivalenti (varikaplar) ishlatiladi (9.3- rasm).
9.3- rasm. Varikapning sxemada belgilanishi (chapda) va tashqi ko‘rinishi
(o‘ngda)
Qabul qilgichda signallarni qabul qilishning o‘zgaruvchan sharoitlariga qabul
qilgichni
moslashtirishni
ta’minlaydigan
kuchaytirish,
tanlovchanlik,
xarakteristikalar shakllarini avtomatik rostlash ko‘zda tutiladi.
Qabul qilgichni zarur murakkablashtirish xabarlarni qabul qilish sifatiga
oshirilgan
talablarga
bog‘liq. Bu murakkablashtirish, ayniqsa, aloqa,
radiolokatsion, radionavigatsion, telemetrik va boshqa tizimlar professional qabul
qilgichlari uchun xarakterli hisoblanadi.
Shunday qilib, professional radioqabul qilish qurilmasi foydali signal va
radiohalaqitlar aralashmasiga optimal ishlov berishni ta’minlaydigan adaptiv
elementlar kompleksi hisoblanadi.
Ko‘rsatilganlarga muvofiq istalgan radioqabul qilish qurilmasining tuzilish
sxemasi qabul qilish antennasi, qabul qilgich va chiqish asbobidan tashkil topadi
(9.4- rasm).
Radioqabul qilish qurilmalarining tasniflanishini ko‘rib chiqamiz.
1. Asosiy vazifasi bo‘yicha qabul qilgichlar radioeshittirish va professional
qabul qilgichlarga bo‘linadi.
140
Radioeshittirish qabul qilish qurilmalari guruhi xabarlarni qabul qilish
masalalarini nisbatan oddiy texnik echimlari bilan farqlanadi yoki radioeshittirish
qabul
qilgichlarini
ommaviy
ishlab
chiqarish
ishlanmalarga
bunday
yondashishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini taqozo etadi.
Professional qabul qilish qurilmalari guruhi murakkabroq texnik echimlar
bilan farqlanadi, chunki bu qurilmalar asosan bitta uzatkichda ishlaydi va qabul
qilish va uzatish qurilmalariga harajatlar teng qiymatli bo‘lishi mumkin. Bunday
yondashishni amalg oshirilishiga misol kosmik aloqa yoki yerning sun’iy
yo‘ldoshlari (YSY) orqali aloqa tizimlari hisoblanadi.
9.4- rasm. Radioqabul qilish qurilmasining umumiy tuzilish sxemasi
9.5- rasmda qabul qilish qurilmalarining tasniflanishi keltirilgan.
Guruhlardan har biri, o‘z navbatida, kichik guruhlarga bo‘linadi, ulardan har
biri yana kichik guruhlarga va h.k. bo‘linishi mumkin (9.4- rasm).
Aloqa qabul qilish qurilmalari quyi, viloyat, magistral va kosmik aloqa qabul
qilish qurilmalariga bo‘linadi.
2. Ishlash turi bo‘yicha radiotelefon, radiotelegraf (eshitish, yozish yoki harf
terish), fototelegraf va boshqa qabul qilgichlariga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |