134
sxemasi 8.16- rasmda keltirilgan.
UZCh – ovoz chastotasi kuchaytirgichi, OChG – oraliq chastota generatori (90 MGs), FM -
fazaviy modulyator, Ar - aralashtirgich, PF - polosali filtr, QK – O‘YUCh signal quvvat
kuchaytirgichi (450 MGs), QR – quvat rostlagichi
8.16- rasm. Analog turdagi sotali radioaloqa tizimi abonentlar radiouzatkichining
tuzilish sxemasi
Sxemada fazaviy modulyatsiyalash oraliq chastotada (90 MGs) amalga
oshiriladi. Sintezator chastotasi bilan aralashtirilishi va filtrlanishidan keyin asosiy
chastota signali quvvat bo‘yicha kuchaytiriladi. Radiostansiyada
dupleks ishlash
rejimini ta’minlash, ya’ni xabarlarni bir vaqtda uzatish va qabul qilish uchun
uzatkich va qabul qilgich turli chastotalarga ega bo‘ladi. Uzatkich to‘liq
mikrosxemalarda bajariladi, shuning uchun u juda kichik o‘lchamlarga ega bo‘ladi.
Raqamli turdagi sotali radioaloqa tizimining abonentlar uzatkichi.
Abonentlar radiostansiyasi tarkibiga kiradigan va mikrosxemalarda
bajariladigan
bunday radiouzatkichning tuzilish sxemasi 8.17- rasmda keltirilgan.
TChK
OChG
FM
Ar
PF
QK
PF
QR
Chastotalar
sintezatori
90 MGs
450 MGs
Mikrofon
135
OChK – ovoz chastotasi kuchaytirgichi, ARO‘ - analog-raqamli o’zgartigich, OChG – oraliq
chastota generatori, FM - fazaviy modulyator, Ar - aralashtirgich, PF - polosali filtr, QK –
O‘YuCh signal quvvat kuchaytirgichi (900 MGs), QR – quvat rostlagichi
8.17- rasm. Raqamli turdagi sotali radioaloqa tizimi abonentlar radiouzatkichining
tuzilish sxemasi
Radiouzatkich quyidagi tartibda ishlaydi. ARO‘ yordamida nutq signali
raqamli ikkilik signalga o‘zgartiriladi, mikroprotsessorda ishlov beriladi va fazaviy
modulyatorga beriladi. Sintezator chastotasi bilan aralashtirilishi va filtrlanishidan
keyin asosiy chastota signali (900 MGs) quvvat bo‘yicha kuchaytiriladi.
Quvvat
bazaviy stansiyagacha masofaga bog‘liq ravishda avtomatik rostanadi. Chastotani
tanlash ham abonentga bo‘sh kanalni taqdim etadigan bazaviy stansiyadan
komanda bo‘yicha avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Oldingi holdagi kabi
uzatkich to‘liq mikrosxemalarda bajariladi,
shuning uchun u juda kichik
o‘lchamlarga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: