Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

Chastota 
modulyatori 
Stabil 
avtogenerator 
O’BKBli FAS 
sxemasi 
Kvartsli
generator 
Chastota sintezatori
YuCh 
kuchaytirgich 
YuCh quvvat 
kuchaytirgich 
Polosali
filtr 
Klaviatura
Mikropro-
tsessor 
Indikatsiya
bloki 
Ta’minot
bloki
Kontroller yoki kompyuterga
Ante
n
n
aga


123
oshiriladi. 
8.4. O‘YuCh diapazon qabul qilgich-uzatkichining tuzilish sxemasi 
 
Sun’iy yo‘ldoshli qabul qilgich-uzatkich butun chastotalar spektrini signalni 
demodulyatsiyalashsiz bitta diapazondan boshqa diapazongan, masalan, 6 GGs 
dan 4 GGs ga yoki 14 GGs dan 11 GGsga o‘tkazish prinsipi bo‘yicha quriladi. 
Bunday retranslyatorda radioqabul qilish trakti barcha stvollar uchun umumiy 
hisoblanadi, unda O‘YuCh signalni kuchaytirishning katta chiziqli diapazoni 
ta’minlanadi. Stvollar orasidagi kesishma halaqitlarni kamaytirish uchun 
radiouzatish trakti ularga quvvat bo‘yicha signalni kuchaytirish alohida traktlarini 
biriktirish prinsipi bo‘yicha bajariladi. “Ochiq” deyiladigan bunday qabul qilgich-
uzatkichning bo‘lishi mumkin tuzilish sxemasi 8.7a- rasmda, bitta stvol 
uzatkichining tuzilish sxemasi esa 8.7b- rasmda keltirilgan. 
6 GGs diapazonda qabul qilingan signal 500 MGs gacha umumiy o‘tkazish 
polosasili umumiy radioqabul qilgichda kuchaytiriladi, keyin esa butun spektr 4 
GGs diapazonga o‘tkaziladi. Multipleksor – ko‘p polosali filtr yordamida signal 
har biri 35…40 MGs gacha o‘tkazish polosasili stvollar bo‘ylab tarqatiladi. 
Kuchaytirilganidan keyin barcha stvollar signallari yana multipleksor yordamida 
birlashtiriladi va umumiy antennaga beriladi. Retranslyator tarkibiga yana ta’minot 
bloklari va zahira jamlanmalari kiradi. Chiqish O‘YuCh signali keng va tor 
polosali yo‘naltirilganlik diagrammalarili bir necha antennalarga tarqatilishi 
mumkin. 
Uzatkichda (8.7b- rasm) amplituda korrektori yordamida amplitudaviy 
xarakteristikani chiziqlashtirishga, faza korrektori yordamida esa signalning 
fazasini uning amplitudasiga bog‘liq bo‘lmasligiga erishiladi. Dastlab signal


124
dastlabki O‘YuCh tranzistorli kuchaytirgichda, keyin esa O‘YuCh quvvat 
kuchaytirgichida kuchaytiriladi. O‘YuCh quvvat kuchaytirgichi sifatida bunday 
radioaloqa tizimlarini yaratishning boshlang‘ich bosqichlarida yugurma to‘lqin 
lamapalari ishlatilgan, hozirgi vaqtda esa quvvatlarini keyingi qo‘shish amalga 
oshiriladigan bipolyar va maydoniy tranzistorlar qo‘llanadi. 
PF - polosali, KMK – kam shovqinli kuchaytirgich, Ar - aralashtirgich, G - geterodi, YT – 
yo‘naltirilgan tarmoqlagich
8.7-rasm. RRL O‘YuCh qabul qilgich-uzatkichining sxemasi
Uzatkichning chiqishida O‘YuCh quvvat kuchaytirgichining barqaror 
ishlashini va boshqa stvollar bilan ajratishni ta’minlaydigan S sirkulyator va 
tushadigan va qaytadigan to‘lqinlarning quvvatini o‘lchash YT yo‘naltirilgan 
tarmoqlagich uchun qo‘yiladi. Bitta radiouzatkichning o‘tkazish polosasi odatda 
35…40 MGs ni, quvvati esa 100 Vt gachani tashkil etadi. 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin