Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari


 Uzun va o‘rta to‘lqin analog radiouzatkichining umumlashtirilgan



Yüklə 4,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/129
tarix05.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#173560
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   129
Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qurilmalari

8.2. Uzun va o‘rta to‘lqin analog radiouzatkichining umumlashtirilgan 
tuzilish sxemasi
500 
kVt 
gacha 
quvvatli 
amplitudaviy 
modulyasiyalashli 
bunday 
radiouzatkichning umumlashtirilgan tuzilish sxemasi 8.4- rasmda keltirilgan. 
Radiouzatkich ikki yoki undan ortiq jamlanmalardan tashkil topishi mumkin, 
ularning quvvatlari ko‘priksimon qurilma yordamida qo‘shiladi. Qo‘zg‘atkining 
chastotasi o‘zgartirilganida qayta sozlashni talab qilmaydigan dastlabki YuCh 
keng polosali kaskadlarda odatda quvvatli tranzistorlar qo‘llanadi. Chiqish YuCh 
quvvat kuchaytirgichida quvvatlari parallel yoki ikki taktli sxema bo‘yicha 
qo‘shiladigan bir necha quvvatli generator lampalar ishlatiladi. Chiqish kaskadida 
va 
antenna 
bilan 
moslashtirish 
qurilmasida 
qo‘zg‘atkining chastotasi 
o‘zgartirilganida konturlarning avtomatik sozlanishi amalga oshiriladi. 
RUQda maxsus datchiklar yordamida uning barcha kaskadlari va 
bo‘g‘inlarining normal ishlashini va shtatdagi rejim buzilganida darhol 
signalizatsiyani avtomatik nazorat qilish amalga oshiriladi. Qo‘zg‘atkichda talab 
qilinadigan chastotalar to‘rini shakllantiradigan sintezator qo‘llanadi. Qo‘zg‘atkich 


119
ta’minlaydigan chastotaning nostabilligi 10 Gsdan, sinxron rejimda esa 0,01 
Gsdan oshmaydi. Sinxron rejim deb barcha radiostansiyalar o‘sha bir xabarni 
o‘sha bir tashuvchi chastotada uzatadigan, bu chastotaning stabillanishi qabul 
qilinadigan “yagona vaqt” signali bo‘yicha amalga oshiriladigan rejimga aytiladi. 
8.4- rasm. Uzun va o‘rta to‘lqin analog radiouzatkichining umumlashtirilgan
Amplitudaviy modulyatsiyalash (AM) bir vaqtda bir necha kaskadlarda – 
chiqish va dastlabki YuCh quvvat kuchaytirgichlarida amalga oshiriladi. AM 50 
dan 10000 Gs chasttalar polosasi va kichik nochiziqli buzilishlar koeffitsientini 
ta’minlaydi. 

Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin