112
kvadraturali modulyator signal spektrini berilgan tashuvchi chastotaga yoki oraliq
chastotaga o‘tkazadi. Bundan keyin signal kuchaytiriladi va antenna-fider
qurilmasiga (AFTga) beriladi.
Signalga analog kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilish sxemasi
7.7- rasmda keltirilgan.
7.7- rasm. Signalga analog kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilishi
Bunday yondashishning afzalligi kvadraturaturali RAO‘larning nisbatan past
taktlash chastotasi hisoblanadi, chunki o‘zgartirish nolinchi oraliq chastotada
amalga oshiriladi. RAO‘ taktlash chastotasi simvolga 2 dan 8 gacha sanoqlar
diapazonida tanlanadi. Bu sxemaning kamchiligi signalga analog kvadraturali
ishlov berish hisoblanadi, u bir xil xarakteristikalarli aralashtirgichlarni,
kvadraturali geterodin chiqishlari fazalarining qat’iy farqini, bir xil AChXli past
chastotalar filtrlarini yaratishga prinsipial imkon bermaydi. Bu kamchiliklar
uzatiladigan turkum (diagramma) shaklini buzilishiga olib keladi, uni uzatish
tomonida teskari aloqani kiritish bilan yoki qabullash tomonida adaptiv
ekvalayzerlar yordamida kompensatsiyalash zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: