167
Bu sxemada 11.3-
rasmdagi sxemadagi kabi
VT2
tranzistor
ishchi nuqtasini
emitterli stabillash qo‘llangan.
C6
kondensator
qabul qilinadigan signal
chastotasida manfiy teskari aloqani bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Qator hollarda bu
kondensator kuchaytirgichning chiziqliligini oshirish
uchun va radiochastota
kuchaytirgichining kuchaytirish koeffitsientini kamaytirmaslik uchun qo‘yilmaydi.
C2
kondensator
VT1
tranzistor bazasini o‘zgaruvchan tok bo‘yicha
yerga
ulanishini ta’minlaydi.
C4
kondensator ta’minot manbaini o‘zgaruvchan tok
bo‘yicha filtrlanishini ta’minlaydi.
R1, R2, R3
rezistorlar
VT1
va
VT2
tranzistorlarning ishchi nuqtalarini aniqlaydi.
C3
kondensator
VT2
tranzistorning
baza zanjirini oldingi kaskaddan (kirish polosali filtridan) o‘zgarmas tok bo‘yicha
ajratadi. Kollektor zanjirining o‘zgarmas tok bo‘yicha yuklamasi bo‘lib
L2
drossel
xizmat qiladi. Umumiy bazali radiochastota kuchaytirgichidagi
kabi kaskadli
kuchaytirgichning kirishi va chiqishida past chastota filtrlari qo‘llangan. Ularning
asosiy vazifasi kirish va chiqish qarshiliklarini 50 Om qiymatga o‘zgartirishni
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: