162
−
o‘z shovqinini kamaytirish va quvvat bo‘yicha katta uzatish
koeffitsientini ta’minlash;
−
tanlovchanlik
koeffitsientining sifatini, nafaqat asosiy kanal bo‘yicha,
balki signali ham oraliq chastota kanallari bo‘yicha ta’minlash;
−
geterodin signalini antenna zanjiriga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va
h.q.
11. 3. Radiochastota kuchaytirgichlarining tasniflanishi
Radiochastota kuchaytirgichlari o‘ziga xos belgilari bo‘yicha quyidagi
turlarga bo‘linadi:
-
ishlatiladigan kuchaytirish elementi bo‘yicha: lampali,
tranzistorli,
tiristorli, kvantli, paramagnit (O‘YuCh vakuumli asboblar – klistronlar,
magnetronlar, yuugurma to‘lqin lampalarida) va boshqalar;
-
kuchaytirish elementining ulanish sxemasi bo‘yicha: A, V, AV, S va
boshqa rejimlarda ishlaydigan UBli kuchaytirgichlar, UEli kuchaytirgichlar, UKli
kuchaytirgichlar;
-
tanlovchan tizim bilan aloqaning turi bo‘yicha: to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
transformatorli, avtotransformatorli va sig‘imli;
-
tarkibidagi kaskadlar soni bo‘yicha: bitta kaskadli va ko‘p kaskadli;
-
yuklama turi bo‘yicha: rezonansli yoki aperiodik.
Radiochastota kuchaytirgichi radioqabul qilish
qurilmasining kirishi turar
ekan, u holda uning shovqin xarakteristikalari va dinamik diapazoni asosan butun
qurilmaning xarakteristikalarini aniqlaydi. Aynan radiochastota kuchaytirgichining
shovqin koeffitsienti radioqabul qilgichning sezgirligini aniqlaydi.
163
Zamonaviy elementlar asosini mikrominiatyurizatsiyalanishi va unga bog‘liq
radioqabul qilish qurilmalari tugunlarining mikrominiatyurizatsiyalanishi tufayli
hozirda O‘YuCh diapazonda ilgari pastroq chastotalarda qo‘llangan
sxemotexnik
yechimlarning qo‘llanishi mumkin bo‘ldi. Bu shunga bog‘liqki, blokning ishchi
tebranishlar to‘lqin uzunligiga nisbatan o‘lchamlari to‘lqin uzunligining o‘ndan bir
qismidan kichik bo‘lib qolmoqda va natijada
bu blokni ishlab chiqishda
tebranishlarning tarqaishidagi to‘lqin samaralarini e’tiborga olmaslik mumkin.
Dostları ilə paylaş: