Rejalshtirish vazifasi quyidagi savollarga javob qaytarishga qaratilgan:
- biz hozirgi vaqtda qayerda turibmiz? Menejerlar tashkilot haqiqatdan xam nimakarga erishishi mumkinligini aniqlash uchun, tashkilotning uning asosiy sohalari (moliya, xodimlar, marketing, ITTKI)dagi kuchli va zaif tomonlarini baxolashlari kerak;
-biz qaysi tomonga harakatlanishni xohlaymiz? Menejerlar tashkilotning atrof - muhitidagi imkoniyatlar va xavflarni baxolab turib, tashkilotning maqsadlari qanday bo`lishi kerakligini va ularga erishishga nimalar halaqit berishlari mumkinligini belgilashlari kerak;
-buni biz qanday qilmoqchimiz? Menejerlar tashkilot a'zolari maqsadlarga erishmog`i uchun nimlar qilishilari kerakligini xal qiladilar.
Maqsadlar - bu aniq yakuniy xolatlar bo`lib, u yoki bu subyekt (tshkilot, jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi. Maqsadlar tashkiliy munosabatlarni belgilaydilar, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadilar.
Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq muddatli va qisqa muddatli. Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, 10 yil yoki ko`proq muddatda erishiladigan maqsadlar uzoq muddatli deb hisoblanadilar. Agar zaruriyat vujudga kelsa, yana oraliq ( o`rtacha muddatli) maqsadlar xam belgilanadilar.
To`g`ri shakllangan maqsadlarni qanoatlantirishlari kerak bo`lgan bir necha asosiy talablar mavjud. Ular quyidagilcha bo`lishlari kerak:
● haqiqiy;
●egiluvchan;
●o`lchanadigan, vaqtga qaratilgan;
●aniq;
●bir - birlari bilan birga bo`la oladigan;
●ta'sirning asosiy subyektlari uchun qulay;
Boshqaruv tizimida bir necha o`zaro bog`langan maqsadlar mavjudligida maqsadlar tizimi (daraxt)ni kurish zaruriyati vujudga keladi. U maqsadlar ierarxiyasini, ya’ni umumiylik, ahamiyatlilik va maqsadga erishishning izchilligi darajasi bo`yicha joylashgan, bir biriga bo`ysunuvchi maqsadlarning tartibga solingan majmuasini qurishdan iboratdir.
Rejalar nima qilsh kerakligini ko`rsatuvchi ro`yhatga egalar, qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bòlgan ishni bajarishning izchilligi, resurslar va vaqtni belgilar beradilar. Shunga ko`ra rejalashtirish quyidagilarni o`z ichiga oladi:
●maqsadlar va vazifalarni belgilash;
●maqsadlarga erishish uchun strategiyalar, dasturlar va rejalarni ishlab chiqish;
●zarur resurslarni aniqlash va ularni maqsadlar va vazifalar bo`yicha taqsimlash;
●rejalarni ularni bajarish kerak bo`lgan, ularni amalga oshirish uchun javobgar bo`lgan kishilarga yetkazish.
Strategik rejalashtirishdan taktik, keyinroq esa operativ (odatda 1 yillik) rejalashtirish kelib chiqadi, u yetarlicha batafsil qilinadi. Ushbu rejaga muvofiq tashkilot faoliyatining xar bil yo`nalishi bo`yicha faoliyatning hajmi belgilanadi. Ishchi kuchi va kapital kiritmalarni jalb qilish bo`yicha rejalar, mahsulotni ishlab chiqarish rejalari tuziladi. Yillik reja ishlab chiqarish va sotish rejalarini choraklar va oylar bo`yicha tafsiloti bilan aniqlab beradi. Bunda har bir bo`linma xar oyda sotishlar va harajatlar bashoratlarini aniqlab oladi va o`z rejalarini ushbu aniqlashlar bilan moslashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |